Yangiliklar
Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish. Iyun 12, 2025 Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan? Iyun 10, 2025 #MUROJAAT Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani hokimi Oybek Xolboyevning MUROJAATI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani hokimi Oybek Xolboyevning MUROJAATI

Davlatimiz rahbarining tashrifi davomida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Xorazm viloyatiga 11,5 trillion so‘m kredit mablag‘larini ajratiladigan bo‘ldi.

Jumladan:
- Kichik va o‘rta biznesni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun garovsiz 100 mln so‘mgacha va kichik va o‘rta sanoat loyihalariga 1,5 mlrd so‘mgacha 18 foizdan 7 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davri bilan kredit mablag‘lari ajratiladi. Shundan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish uchun tumanimizga 156,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ hisobiga mahallalarda 947 ta loyiha amalga oshirilishi evaziga 3 ming 788 ish o‘rinlari yaratish belgilandi. Bu loyihalar BRB hisobidan moliyalashtiriladi. Mening 1-sektor hududimdagi 16 ta mahallada 275 ta loyihaga 45,5 mlrd so‘m ajratib, 1 ming 101 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishini belgilab oldik.

Shuningdek, mahallalarda ishsizlikni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida viloyatda 5 mingta xonadonlarda intensiv usulda baliq boqish uchun kichik hajmdagi basseyn tashkil qilish uchun viloyatga 100 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratib beriladigan bo‘ldi. Bundan kelib chiqib, tumanimizdagi 566 ta xonadonlarga 11.3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish belgilandi. Shundan, 1-sektor hududida 3 mlrd 2 mln so‘m ajratilishi hisobiga 164 ta xonadonlarda baliq basseyini tashkil qilishni belgilab oldik. Bundan tashqari, mahallalardagi har bir tadbirkorni ehtiyojiga qarab, yangi kredit berish, oldingi kreditining muddatini uzaytirish hamda mahallada soliqchilar tadbirkorlarni sonini legallashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli tashkilotlar va mahalla yettiligiga topshiriqlar berildi.

Tumanda 448 ta xonadonda tikuvchilik, parranda, chorva, asalari, bog‘dorchilik va boshqa sohalarda asbob-uskunalar olib tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishi uchun 3,1 mlrd so‘m subsidiya ajratilishi hisobiga 1049 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz aholimizni bandligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqdik. Shundan 1-sektorda 130 ta xonadonga 903.5 mln so‘m subsidiya ajratilishi natijasida 305 nafar fuqarolarni bandligi ta’minlanadi va ushbu oilalar doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladilar.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK