Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI

Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI
Assalomu alaykum, Hurmatli yurtdoshlar!
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 3-yanvar kunidagi Respublika mahallalarda havfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi.
Shuningdek, joriy yilning 5-mart kuni Davlatimiz rahbari raisligida korrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashi yig‘ilishida prokuratura organlariga, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni barvaqt oldini olish borasida bir qator vazifalar qo‘yildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, bugungi kunda tumanimizdagi turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda aholini kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlarni huquqlarini himoya qilish, uyushmagan yoshlarni mavjud muammolarini aniqlab bartaraf etish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini turmush darajasini oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib borilmoqda.
Bundan tashqari, tumanimizda jinoyatchilikni jilovlash va
huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida tuman hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda mahalla, maktab, bozor va savdo komplekslari, aholi gavjum joylar, ko‘ngil ochar maskanlar, ko‘p qavatli uylarga zamonaviy texnika vositalari o‘rnatish ishlari ham jadal suratda olib borilmoqda.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar, yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlanganlar, alohida toifadagi shaxslar bilan turli yo‘nalishda profilaktik tadbirlar olib borilib, targ‘ibot ishlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
So‘nggi paytlarda tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlarga firibgarlikning turli ko‘rinishlari ya’ni, pul oldi berdi hamda plastik kartadan pul yechish holatlari bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Hurmatli fuqarolar, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil yutuqli o‘yinlar, oldindan to‘lov ta’lab qiluvchi internet do‘konlari, bola puli, hayriya, nafaqa, pul mablag‘lari tarqatilayotganligi haqidagi feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishingizni hamda bank plastik kartalarining hisob raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sir saqlashingizni, bu borada olib borilayotgan targ‘ibot-tadbirlariga bee’tibor bo‘lmasligingizni so‘rab qolaman.
Shu o‘rinda aholi va keng jamoatchilikni jinoyatni oldini olish hamda bartaraf etishda hamkorlikka chaqiramiz.
Zero sodir etilyotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldini olishda xalqimiz ogoh bo‘lib, tashabbuskorlik va daxldorlik hissi bilan yondoshishi ham muhimdir.
Ya’na bir bor alohida qayd etamanki, qonun ustuvor bo‘lgan mamlakatimizda jinoyatchilikni har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga jazoni muqarrarligini ta’minlanishi qonunlarimizda kafolatlangan.
Ayniqsa, yurtimizda raqamli iqtisodiyot keng joriy etilayotganligi natijasida firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlarini aksariyati, axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilyotganligi ko‘plab kuzatilmoqda.
Jinoyatchilikka qarshi kurashishda prokuratura organlari jinoyatlarni har qanday turiga qonuniy chek qo‘yishga kafolat beradi.