Yangiliklar
Oktyabr 18, 2025 Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi lozim aks holda ushbu to‘lovlar sud tartibida undiriladi. Oktyabr 17, 2025 "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar.

AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TARIXI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan?

Aholini dastlabki roʻyxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda oʻtkazilgan. Lekin, bu aholi roʻyxatlarining maqsadi aholidan soliq yigʻish, yaʼni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash boʻlgan. Shuning uchun ham, bu aholi roʻyxatlarida asosan erkaklar roʻyxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy oʻrni yuqori boʻlgan, soliq toʻlashda faqat erkaklar, yaʼni oila boshliqlari qatnashgan.

Aholini eng birinchi rasmiy roʻyxatga olish 1790-yilda AQSHda, keyinchalik 1800-yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801-yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada oʻtkazilgan. Ammo, bu aholi roʻyxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga choʻzilgan. Masalan, birinchi AQSHda aholini roʻyxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.

XIX asrga kelib, aholini roʻyxatga olish juda kengaydi. Qator Yevropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini roʻyxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yoʻlga qoʻyildi. Xususan, 1870-1879-yillarda dunyoning 48 ta, 1890-yillarda esa 57 ta davlatida aholi roʻyxati oʻtkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi roʻyxatga olingan boʻlsa, XX asr boshida 54 foiz aholi roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin, aholini roʻyxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi.  1945-1954-yillarda – 151 ta davlatda, 1965-1974-yillarda – 179 ta davlatda aholi roʻyxati oʻtkazilgan. Hozirgi paytda, dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholini roʻyxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini oʻrganishda mamlakat hududida oʻtkazilgan aholi roʻyxati maʼlumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, Oʻzbekiston hududida dastlabki aholi roʻyxati 1897-yilda oʻtkazilgan boʻlib, ushbu roʻyxat maʼlumotlari XIX asr oxirida Oʻzbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tugʻilish, oʻlim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. Oʻzbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989-yillarda aholini roʻyxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Koʻpgina mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish qonun bilan tartibga solinishi mustahkamlab qoʻyilgan.

Masalan, Buyuk Britaniyada 1920-yilda Qoʻshma Qirollikda aholini roʻyxatga olish qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunda aholini roʻyxatga olishning barcha qoidalari, fuqarolar, uy xoʻjaliklari, korxonalar va muassasalarning qaysi toifalari roʻyxatga olinishi, aholini roʻyxatga olishni kim oʻtkazishi, soʻrov varaqalari qanday boʻlishi kerakligi belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, aholini roʻyxatga oladigan hisobchilarni yollash qoidalari, ularning xizmat vazifalari hamda aholini roʻyxatga olish qoidalari koʻrsatilgan.

Shovot tumani statistika boʻlimi boshligʻi M.Axmedov

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK