15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni

15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni
Shovot tumanida “15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tumanimizning barcha sohalarida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan xotin-qizlar va faxriy onaxonlar qatnashdi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Jumaniyazova so‘zga chiqib ushbu sana munosabati bilan barcha qishloq ayollarini qutlab, yurtimizda ayollarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlar borasida so‘z yuritdi. Shuningdek, bir guruh qishloq ayollariga esdalik sovg‘alari topshirildi.