Yangiliklar
Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish Sentyabr 15, 2025 E'lon Sentyabr 09, 2025 Rasmiy munosabat

Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar va tumanimiz aholisi!

Avvalo barchangizga sog'lik-salomatlik, oilangizda tinchlik xotirjamlik tilayman.

Xabaringiz borki, joriy yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yuzasidan yurtimizda keng ko'lamli ishlar yo'lga qo'yildi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2025-yil 3-yanvar kuni “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ 1-sonli Qaror qabul qilinib, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oldiga bir qator muhim vazifalar qo'yildi.   

Bu borada faoliyatni jamoatchilik bilan hamnafas olib borishni ta'minlash maqsadida “mahalla yettiligi” mas'ullari zimmasiga hududda ijtimoiy-profilaktik tadbirlarni olib borish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Joriy yilning 6 oyi mobaynida Shovot tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibi hamda fuqarolar havfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilib, oilaviy zo‘rovonlik, qotillik, og’ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish jinoyatlari sodir etilmadi.

Shuningdek o'g'irlik, yengil tan jaroxati yetkazish, o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l transport hodisalari kamayishiga erishildi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan qo'yilgan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida aholining kam ta'minlangan qatlamini ijtimoy qo'llab-quvvatlash, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, uyushmagan yoshlarning mavjud muammolarini aniqlab bartaraf etish, aholining turmush darajasini oshirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri bo'lgan jinoyatchilikni jilovlashda va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahalla, maktab, bozor, ko'ngilochar maskanlar, aholi gavjum joylar va ko'p qavatli uylarga zamonaviy texnika vositalarini o'rnatish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

Shuningdek, voyaga yetmaganlar, yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlanganlar bilan turli yo'nalishlarda profilaktik tadbirlar olib borilib, targ'ibot ishlariga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

Qayd etish joizki, ko'plab mahalla yettiligi jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda biz bilan yelkadosh bo'lib o'zining kuch-g'ayratini ayamagani natijasida joriy yilning o'tgan davrida tumandagi 52 ta mahallaning 46 tasida jinoyat sodir etilmadi.

Aziz hamyurtlar!

Hozirgi paytda yurtimizda raqamli iqtisodiyot keng jalb etilayotganligi natijasida firibgarlik va o'g'irlik jinoyatlarining aksariyati axborot texnologiyalari va Internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi kuzatilmoqda.

Shu sababli, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan turli xil yutuqli o'yinlar, oldindan to'lov talab qiluvchi internet do'konlari, bola puli, xayriya, nafaqa va boshqa pul mablag'lari tarqatilayotganligi to'g'risidagi yolg'on xabarlardan ehtiyot bo'lishingiz hamda shaxsga doir ma'lumotlar, bank kartalari, hisob raqamlari to'g'risidagi ma'lumotlarni sir saqlashingizni hamda bu borada olib borilayotgan targ'ibot tadbirlariga bee'tibor bo'lmasligingizni, begona shaxslarning nojo'ya xatti-harakatlaridan xabardor bo'lgan taqdiringizda zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan murojaat qilishingizni so'rab qolaman.

Xurmatli fuqarolar! Biz jinoyatlarning oqibatlari bilan emas, ularning sabablarini, huquqbuzarliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb harakat qilamiz.

Bu jarayonlarda bizga sizning ishtirokingiz muhim hisoblanadi.

Buning uchun har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarliklar omillarini aniqlashga o'z e'tiborimizni kuchaytiramiz.

Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo'layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarini hal qilishga, har bir fuqaroda jinoyatchilikka qarshi immunitetni shakllantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur.

Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarning oldini olishga hamda ularni bartarf etishda faol hamkorlikka chaqiramz.

Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarning fosh etilishi va oldini olishda xalqimizdan mas'uliyat, tashabbuskorlik hamda daxldorlik hissi bilan yondashishni so'rab qolaman.

Barchangizni oilangizga tinchlik-hotirjamlik tilab, yurtimiz osoyishtaligi yo‘lida yelkama-yelka xizmat qilishga chorlab qolaman.

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK