Yangiliklar
Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish Sentyabr 15, 2025 E'lon Sentyabr 05, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi Sentyabr 03, 2025 QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI REALIZATSIYA QILISHDAGI ISLOHOTLAR Avgust 26, 2025 #Ochiq_muloqot

Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi

Shovot tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirish yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Shovot tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi O‘.Madroximov, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari, tadbirkorlar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Ma’ruzada tuman sudi sudyasi mazkur Farmonning qabul qilinishi avvalo fuqarolar va tadbirkorlarga yanada kengroq imkoniyat yaratib, sud ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilishi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Farmon bilan sudlar faoliyatiga “Raqamli sud” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etib borish belgilandi .

Farmonda nazarda tutilgan yana bir muhim yangilik iqtisodiy sudlar tizimida tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish nazarda tutilgani bo‘ldi.

Bugungi kunda iqtisodiy sudlar tuman (shahar), tumanlararo sudlari tarzida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa, 2026-yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiy sudlarni maqbullashtirish orqali tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarini tugatish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo iqtisodiy sudlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ularning faoliyati samaradorligini oshirish va yagona sud amaliyotiga erishish orqali odil sudlov sifatini yanada oshirish hisoblanadi.

Yakunda ishtirokchilar bilan shu kabi sud tizimidagi yangiliklarning odil sudlovni ta’minlashdagi o‘rni muhokama qilindi. Tizimdagi islohotlardan asosiy maqsad fuqarolarning huquqlarini himoya qilish jarayonlarini bugungi davr talablari darajasiga chiqarish ekanligi bildirildi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK