Yangiliklar
Sentyabr 05, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi Sentyabr 03, 2025 QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI REALIZATSIYA QILISHDAGI ISLOHOTLAR Avgust 26, 2025 #Ochiq_muloqot Avgust 26, 2025 AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TARIXI Avgust 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025  E’LON Avgust 23, 2025 Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar yuzasidan tushuntirish Avgust 23, 2025 SIFATLI DEFOLIATSIYA - ERTACHI VA MO‘L HOSIL GAROVIDIR Avgust 18, 2025 Shovot tumanida qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi

Roʻyxatga olishni oʻtkazish bosqichida reklama va axborot kampaniyalari aholini roʻyxatga olish togʻrisida xabardor qilish shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishni taʼminlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan zarur maʼlumotlarni taqdim qilish uchun zarurdir. Odatda, aholini roʻyxatga olish jarayonida barqaror ishtirok etish koʻrsatkichini taʼminlash maqsadida mamlakat boʻylab yetib borish qiyin boʻlgan aholi guruhlarini aniqlashga va ular bilan maqsadli ishlashga alohida e’tibor qaratiladi. Aslida bunday kampaniyalarning maqsadlari aholini hamkorlikka jalb qilish, uni xabardor qilish shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishga ragʻbatlantirishdir. Bunday reklama kampaniyasining asosiy vazifasi jamiyatning holatini aniqlash uchun yaqinlashib kelayotgan roʻyxatga olishning ahamiyatini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va ijtimoiy, mintaqaviy hamda umummilliy demografik oʻzgarishlarni tahlil qilishni tushuntirish hisoblanadi.

Roʻyxatga olish nafaqat mamlakat uchun, balki global miqyosda muhim madaniy va tarixiy ahamiyatga egadar. Roʻyxatga olish mamlakatning rasmiy statistika dasturining ajralmas qismidir. Asosiy amaliy maqsad jamiyatning roʻyxatga olishga ijobiy munosabatini shakllantirish, mamlakat fuqarolarini unda ishtirok etishga va oʻzlari haqida ishonchli maʼlumot berishga undash boʻlib, ayniqsa, joylarda, an’anaviy tarzda roʻyxatga olish bilan bogʻliq. Shu bilan birga samarali axborot va reklama kampaniyasi yanada kengroq maqsadlarni qamrab olishi kerak, bu esa qulaylik uchun quyidagi komponentlar shaklida ifodalanishi mumkin:

  • Roʻyxatga olish toʻgʻrisida aholini xabardorligini oshirish;
  • Roʻyxatga olishdan (respondentlar va mamlakat uchun) olingan foyda haqida xabardor qilish;
  • Odamlarga nima va qachon amalga oshirilishi haqida maʼlumot berish;
  • Roʻyxatga olish jarayonida hali ishtirok etmagan shaxaslarni roʻyxatga olishda ishtirok etishga koʻndirish;

Shovot tumani statistika boʻlimi boshligʻi   M.Axmedov

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK