Yangiliklar
Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish Sentyabr 15, 2025 E'lon

 E’LON

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

 E’LON

O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-noyabrdagi “Fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 4054-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi “Chaqiriluvchilarning tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 413-sonli nizomni ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda 2026-yil uchun navbatdagi chaqiruvga tayyorgarlik ko‘rish hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash, muddatli harbiy xizmatni o‘tash hamda bu yuzadan viloyat hokimining 2025-yil 22-iyuldagi 313-12-0-Q/25-sonli qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining 2025-yil 28-iyuldagi 259-12-177-Q/25-sonli qarori qabul qilindi.

Muddatli harbiy xizmatga borish istagida yurgan (boyi 170 sm dan yuqori va vazni 60 kg dan past bolmagan) chaqiriluvchilar O‘zbekistan Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlab olish ishlari 2025-yil 10-avgustdan, 2026-yil 10-fevralga qadar chaqiriluvchilarni tanlab olish ishlarida faol qatnashishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi, sinovlarini bajarish talab etiladi.

Umumjismoniy tayyorgarlik sinov kunlari 11, 22- avgustda, 5, 12, 17, 22, 25, 29-sentyabrda, 3, 8, 15, 20, 27, 30-oktyabr, 3, 10, 14, 19, 24, 28-noyabrda, 1, 5, 12, 17, 22, 29-dekabrda, 5, 13, 19, 26, 30-yanvarda va 2 va 9-fevral kunlarida soat 08-00 da Shovot tumani Paxtakor mahallasida joylashgan 42-sonli maktabning sport maydonchasida o‘tkaziladi.

Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:

turnikda tortilish -7 marta; 100 metrga yugurish -15,4 soniya; 3000 metrga yugurish -14,30 daqiqagacha;

Chaqiriluvchilar ozi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelishlari shart

Ushbu o‘rganish ishlariga qatnashmagan, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan va umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlari topshirmagan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga yuborilmaydi.

SHOVOT TUMANI MUDOFAA ISHLARI BOLIMI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK