Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Shovot tumanidagi ko‘prikning bir qismi qulab tushdi” mazmunida xabar tarqaldi.
Yuqoridagi ko‘prik 1973-yilda qurilgan bo‘lib, Eshonqal’a va Ogahiy mahallalarini uzviy bog‘lovchi ko‘prik hisoblanadi. Ko‘prikda og‘ir yuk mashinalari o‘lchamlarini shartli ravishda cheklovchi belgilar bo‘lishiga qaramasdan katta yuk avtomobillari me’yoridan ortiq yuk bilan harakatlanishi natijasida ko‘prikni chap qismi plitalari yorilgan.
Ko‘prikni zararlangan qismi tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi xodimlari tamonidan chegaralangan va bir tomonlama harakatlanish yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur ko‘prikni mukammal ta’mirlash uchun yuqori turuvchi tashkilotlarga takliflar berilganini ma’lum qilamiz.