Yangiliklar
Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish. Iyun 12, 2025 Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan? Iyun 10, 2025 #MUROJAAT Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati

OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish.

Respondentlar OneID tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun oʻzlari uchun qulay boʻlgan roʻyxatdan oʻtish turini tanlash imkoniyatiga egalar. Quyida roʻyxatdan oʻtish turlari va ularning qisqacha tavsifi bilan tanishish mumkin:

Login va paroldan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtish.
Ushbu holatda Respondentlar OneID tizimida oʻzlarining shaxsiy maʼlumotlaridan foydalangan holda, oʻzlari istagan login va parolni roʻyxatdan oʻtkazishlari mumkin.

Mobile-ID danfoydalanganholdaroʻyxatdanoʻtish.
Ushbu holatda Respondentlarning shaxsiy telefon raqamlarida Mobile-ID xizmati ulangan boʻlib, ular telefon raqamlarini kiritishlari va ushbu raqamga kelgan maxsus kodni kiritishlari talab etiladi.

ERI kalitidanfoydalanganholdaroʻyxatdanoʻtish.
Ushbu holatda Respondentlar jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladigan ERI kalitlari orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

ID-kartadan foydalanganholdaroʻyxatdanoʻtish.
Ushbu holatda Respondentlar oʻzlarining JSHSHIR raqamlari va parolni kiritishlari talab etiladi. Parol sifatida ERI kalitining tasdiqlash uchun taqdim etilgan paroldan foydalanish talab etiladi. Agarda Respondentda bunday imkoniyat mavjud boʻlmasa, ular OneID tizimidan qaytadan roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.

Yuqorida keltirib oʻtilgan roʻyxatdan oʻtish turlaridan foydalanib roʻyxatdan oʻtish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilgan boʻlsa, OneID tizimi ularni qayta Aholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlarni kiritish va qayta ishlash axborot tizimining Respondentlar shaxsiy kabinetining asosiy sahifasiga yoʻnaltiriladilar.

Bundan tashqari, ushbu jarayonda OneID tizimi ushbu Respondentga tegishli boʻlgan baʼzi shaxsiy maʼlumotlarni Aholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimiga taqdim etadi. Ushbu maʼlumotlar asosida axborot tizimi shaxslarni identifikatsiyalash jarayonidan oʻtkazadi. Identifikatsiyalash jarayoni axborot tizimiga boʻladigan tashqi hujumlar ehtimolini kamaytirib, yolgʻon va tasdiqlanmagan maʼlumotlar kiritilishini oldini oladi.

Shovot tumani statistika bolimi

             

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK