Yangiliklar
Iyul 29, 2025 G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekilmoqda Iyul 25, 2025 #AXBOROT Iyul 25, 2025 G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekilmoqda Iyul 22, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda Iyul 11, 2025 Aholini roʻyxatga olishning davriy jihatlari Iyul 11, 2025 Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT

Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan?

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan?

Aholini dastlabki roʻyxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda oʻtkazilgan. Lekin, bu aholi roʻyxatlarining maqsadi aholidan soliq yigʻish, yaʼni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash boʻlgan. Shuning uchun ham, bu aholi roʻyxatlarida asosan erkaklar roʻyxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy oʻrni yuqori boʻlgan, soliq toʻlashda faqat erkaklar, yaʼni oila boshliqlari qatnashgan.

Aholini eng birinchi rasmiy roʻyxatga olish 1790 yilda AQSHda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada oʻtkazilgan. Ammo, bu aholi roʻyxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga choʻzilgan. Masalan, birinchi AQSHda aholini roʻyxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan. XIX asrga kelib, aholini roʻyxatga olish juda kengaydi. Qator Yevropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini roʻyxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yoʻlga qoʻyildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi roʻyxati oʻtkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi roʻyxatga olingan boʻlsa, XX asr boshida 54 foiz aholi roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin, aholini roʻyxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi.  1945-1954 yillarda – 151 ta davlatda, 1965-1974 yillarda – 179 ta davlatda aholi roʻyxati oʻtkazilgan. Hozirgi paytda, dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholini roʻyxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini oʻrganishda mamlakat hududida oʻtkazilgan aholi roʻyxati maʼlumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, Oʻzbekiston hududida dastlabki aholi roʻyxati 1897 yilda oʻtkazilgan boʻlib, ushbu roʻyxat maʼlumotlari XIX asr oxirida Oʻzbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tugʻilish, oʻlim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. Oʻzbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini roʻyxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Koʻpgina mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish qonun bilan tartibga solinishi mustahkamlab qoʻyilgan.

Masalan, Buyuk Britaniyada 1920 yilda Qoʻshma Qirollikda aholini roʻyxatga olish qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunda aholini roʻyxatga olishning barcha qoidalari, fuqarolar, uy xoʻjaliklari, korxonalar va muassasalarning qaysi toifalari roʻyxatga olinishi, aholini roʻyxatga olishni kim oʻtkazishi, soʻrov varaqalari qanday boʻlishi kerakligi belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, aholini roʻyxatga oladigan hisobchilarni yollash qoidalari, ularning xizmat vazifalari hamda aholini roʻyxatga olish qoidalari koʻrsatilgan.

Shovot tumani statistika bo‘limi

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK