Yangiliklar
Iyul 22, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda Iyul 11, 2025 Aholini roʻyxatga olishning davriy jihatlari Iyul 11, 2025 Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi

Roʻyxatga olishni oʻtkazish bosqichida reklama va axborot kampaniyalari aholini roʻyxatga olish togʻrisida xabardor qilish, shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishni taʼminlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan zarur maʼlumotlarni taqdim qilish uchun zarurdir. Odatda, aholini roʻyxatga olish jarayonida barqaror ishtirok etish koʻrsatkichini taʼminlash maqsadida mamlakat boʻylab yetib borish qiyin boʻlgan aholi guruhlarini aniqlashga va ular bilan maqsadli ishlashga alohida e’tibor qaratiladi. Aslida bunday kampaniyalarning maqsadlari aholini hamkorlikka jalb qilish, uni xabardor qilish, shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishga ragʻbatlantirishdir. Bunday reklama kampaniyasining asosiy vazifasi jamiyatning holatini aniqlash uchun yaqinlashib kelayotgan roʻyxatga olishning ahamiyatini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va ijtimoiy, mintaqaviy va umummilliy demografik oʻzgarishlarni tahlil qilishni tushuntirish hisoblanadi.

Roʻyxatga olish nafaqat mamlakat uchun, balki global miqyosda muhim madaniy va tarixiy ahamiyatga egadir. Roʻyxatga olish mamlakatning rasmiy statistika dasturining ajralmas qismidir. Asosiy amaliy maqsad jamiyatning roʻyxatga olishga ijobiy munosabatini shakllantirish, mamlakat fuqarolarini unda ishtirok  etishga  va oʻzlari haqida ishonchli maʼlumot berishga undash boʻlib, ayniqsa, joylarda, an’anaviy tarzda roʻyxatga olish  bilan bogʻliq. Shu bilan birga samarali axborot va reklama kampaniyasi yanada kengroq maqsadlarni qamrab olishi kerak, bu esa qulaylik uchun quyidagi komponentlar shaklida ifodalanishi mumkin:

  • Roʻyxatga olish toʻgʻrisida aholini xabardorligini oshirish;
  • Roʻyxatga olishdan (respondentlar va mamlakat uchun) olingan foyda haqida xabardor qilish;
  • Odamlarga nima va qachon amalga oshirilishi haqida maʼlumot berish;
  • Roʻyxatga olish jarayonida hali ishtirok etmagan shaxaslarni roʻyxatga olishda ishtirok etishga koʻndirish;

Shovot tumani statistika bo‘limi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK