2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda

2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda
- Aholini roʻyxatga olish zarurati faqat demografik koʻrsatkichlar bilan chegaralanib qoladimi?
Aholini roʻyxatga olish maʼlum bir sanada Oʻzbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.
- Shuningdek, roʻyxatga olish nimani beradi?
Aholi jon boshiga makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq koʻrsatib beradi.
Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash boʻyicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi boʻlib xizmat qiladi.
3. Joriy yilda Axolini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha nimalar amalga oshirildi?
Bu jarayon barcha sohalar qatori aholini roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonida ham katta ahamiyatga ega. Shunga asosan joriy yilning 28-aprelidan 2-mayiga qadar viloyat boʻyicha tanlab olingan Urganch shahridagi “Kamolot” hamda Xiva tumanidagi “Shomaxulum” mahallalarida “Raqamli mahalla” platformasidagi maʼlumotlarning sifati, aniqligi va shaffofligini oʻrganish ishlari olib borildi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari hamda intervyuyerlaridan iborat ishchi guruh tomonidan yuqoridagi mahallalarda aholi xatlovi amalga oshirilmoqda. Bu oʻz navbatida “Raqamli mahalla” platformasidagi maʼlumotlarning sifati, aniqligi va shaffofligini oʻrganish hamda aholini roʻyxatga olish ishlariga yanada puxta tayyorgarlik koʻrish imkonini beradi.
Aholini roʻyxatga olish esa 2025-2026 yillarda oʻtkazilishi, natijalar 2026-2027 yillarda tayyorlanishi va eʼlon qilinishi belgilangan.
Shovot tumani statistika bo‘limi