Yangiliklar
Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi? Aprel 18, 2025 RASMIY MUNOSABAT Aprel 17, 2025 Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi. Aprel 15, 2025 O‘zbekiston fermerlari kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga MUROJAATI Aprel 15, 2025 Reklama va ommaviy axborot Aprel 11, 2025 HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI Aprel 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil I-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 07, 2025 Bog‘-tok qator oralariga sabzavot va poliz ekinlarini ekish bo‘yicha tumandagi bog‘ fermer xo‘jaliklari, dehqon va tomorqachilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Aprel 03, 2025 Aholini roʻyxatga olish tamoyillari

AHOLI, UY-JOY FONDI VA QISHLOQ XOʻJALIGINI ROʻYXATGA OLISH OʻRTASIDAGI ALOQALAR

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

AHOLI, UY-JOY FONDI VA QISHLOQ XOʻJALIGINI ROʻYXATGA OLISH OʻRTASIDAGI ALOQALAR

Aholini, uy-joy fondi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish oʻrtasidagi aloqalar juda aniq koʻrinmaydi. Biroq, koʻplab mamlakatlar ushbu aloqalarni yanada yaxshi integratsiyasiga erishish yoki maʼlumotlarni toʻplash faoliyatining yuqori samaradorligiga erishish uchun yangi yoʻllarni izlashda tobora koʻproq ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, ushbu ikki turdagi roʻyxatga olishda bir qator masalalarni koʻrib chiqish kerak, ularning eng muhimi, turli hil kuzatuv birliklaridir.

Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning kuzatuv birligi fermer xoʻjaligi hisoblanadi, u qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy birligidir.

Aholini roʻyxatga olishning kuzatuv birligi esa uy xoʻjaligi va uning tarkibiga kiradigan shaxslardir. Biroq, koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy hajmi uy xoʻjaliklarida jamlangan boʻlib, uy xoʻjaliklari va fermer xoʻjaliklari oʻzaro yaqin aloqalarga ega boʻlib, koʻpincha bevosita muvofiq namoyon boʻladi. Ushbu ikki turdagi roʻyxatga olish oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish bunday mamlakatlar uchun juda muhimdir.

 Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonida uy xoʻjaliklari va xoʻjalik egasining oila aʼzolari boʻyicha turli maʼlumotlar toʻplanadi.

Butunjahon qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish uy xoʻjaliklari miqdori, uy xoʻjaligi aʼzolarining demografik xususiyatlari va iqtisodiy faoliyati, shuningdek, uy xoʻjaligi aʼzolarining ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi. Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonida olingan qishloq xoʻjaligi faoliyati haqidagi baʼzi maʼlumotlarni aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga nisbatan toʻliqroq deb hisoblash mumkin. Odatda, har bir shaxsning iqtisodiy faoliyatining asosiy turi qisqa hisobot davrida soʻraladi, bu esa, qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadigan shaxslarning mavsumiy asosda yoki toʻliqsiz ish bilan taʼminlanmasligiga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, aholini roʻyxatga olish qishloq xoʻjaligidagi bandlik va qishloq xoʻjaligi aholisi haqida maʼlumot olish imkonini beradi, bu esa qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalarida mavjud emas. Chunki, u oʻz ichiga faqat ferma egalari boʻlgan uy xoʻjaliklarinigina oladi. Qishloq xoʻjaligi maʼlumotlaridan foydalanuvchilarga toʻliq tasvirni berish uchun qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish maʼlumotlari ham va aholini roʻyxatga olish maʼlumotlari ham birdek zarur boʻladi.

 Aholini va uy-joy fondini roʻyxatga olishni rejalashtirishda ushbu turdagi roʻyxatga olish va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish oʻrtasidagi aloqani taʼminlash uchun har qanday imkoniyatni oʻrganish kerak. Ushbu aloqa turli shakllarga ega boʻlishi mumkin. Aholini va uy-joy fondini roʻyxatga olishda ishlatiladigan taʼriflar qishloq xoʻjaligi roʻyxatiga kiritilgan taʼriflar bilan mos kelishi kerak, bu ikki maʼlumot toʻplami oʻrtasida mazmunli taqqoslashni taʼminlaydi. Aholini va uy-joy fondini roʻyxatga olish qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish uchun, masalan, hududlarni roʻyxatga olish uchastkalariga boʻlish, qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish uchun asos tayyorlashi yoki tegishli hollarda namuna olish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin.

Tuman statistika bulimi

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK