Yangiliklar
Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish. Iyun 17, 2025 RASMIY MUNOSABAT Iyun 12, 2025 Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan? Iyun 10, 2025 #MUROJAAT Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda

Xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish

Xodimning xohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til quyidagilarga majburiy tartibda beriladi:

 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga – har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;

ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga;

o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) – har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;

qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga.

Shovot tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti  A.O‘daboyev

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK