Yangiliklar
Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish. Iyun 17, 2025 RASMIY MUNOSABAT Iyun 12, 2025 Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan? Iyun 10, 2025 #MUROJAAT Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda

#MUROJAAT

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Shovot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik X.K.Matyaqubovning 2025-yilning 6 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari va kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan MUROJAATI

2025-yilning yanvar, fevral, mart, aprel, may, iyun oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib “Xavfsiz hudud” “Nazorat” “Tun” “Turmush” va “Xonadon” maxsus profilaktik tadbirlari otkazilib, tumandagi 55 ta mahallalarning 46 tasida ya’ni 83,6 foizida jinoyat sodir etilishiga yol qoyilmadi.

Umumiy jinoyatlar 47-87 taga oshgan bolib, ushbu jinoyatlarning 27 tasi 31,0% oldi olinishi lozim bolgan jinoyatlarni, 26 tasi 29,8% aniqlanadigan jinoyatlarni tashkil etadi. Oldini olish mumkin bolgan jinoyatlar 17.4% (23-27) taga oshishiga yol qoyildi.

 “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili boyicha tumandagi 55 ta mahallalardan 46 ta mahallada ya’ni 83,6 foizida jinoyat sodir qilinmagan, 2 ta  mahalla ya’ni 3,6 foizi “qizil”, 7 ta mahalla 12,7 foizi “sariq” toifaga kiritildi.

2024-yilning 12 oyi yakunlari bilan “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarga uzoq yillar ichki ishlar idoralarida samarali xizmat qilgan, hozirgi kunda ham ozining hayotiy tajribalari bilan profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam bera oladigan, shu mahallalarda yashovchi ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqan faxriylar tanlab olinib, “qizil” toifadagi 6 ta mahallalarga maslahatchi murabbiy qilib biriktirildi. Undan tashqari olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida tumanda qotillik, ogir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, tovlamachilik, ozgani mulkini nobud qilish, avtotransport vositalarini olib qochish, odam savdosi jinoyatlari sodir etilishiga yol qoyilmadi. 

Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish boyicha otkazilgan tadbirlar davomida 19 nafar ilgari sudlangan shaxslarga ma’muriy nazorat ornatildi, 5 nafar spirtli ichimlikka ruju qoygan shaxslar tuzalish yoliga kirmaganligi sababli majburiy davolash bolimiga joylashtirildi, 18 nafar voyaga yetmaganlar qarovsiz va nazoratsiz qolganligi sababli viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam korsatish markaziga joylashtirildi, 125 nafar tayziq va zorovonlikdan jabrlangan ayollarga himoya orderi berildi, mahallalardagi xonadonlarni organish davomida aniqlangan 6463 nafar huquqbuzarlik sodir qilishga moyil shaxslar aniqlanib profilaktik tadbirlar olib borish uchun mahalla yettiligi a’zolariga biriktirildi. Shuningdek, “Ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida huquqbuzarlik sodir etishi mumkin bolgan yoki undan jabrlanishi mumkin bolgan 6463 nafar shaxslar boyicha xulosalar tuzilib, mahalla yettiligi tomonidan 4049 nafarini muammolari ijobiy yechim topdi, qolgan shaxslarning muammolari tizimli hal qilib borilmoqda.

Voyaga yetmaganlar ortasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida tumandagi barcha ta’lim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan barcha ta’lim muassasalarida oquvchilar bilan turli xil mavzularda uchrashuvlar otkazilib tushuntirish ishlari olib borilmoqda.  

Kelgusida tumanda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish boyicha hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bolgan ishlar belgilanib olindi.

  1. Tumanda “Ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi mumkin bolgan shaxslar boyicha xulosalar tuzilib, mahalla yettiligi tomonidan ijobiy hal qilish choralarini korish, Kriminogen vaziyati ogir bolgan hamda “Qizil” toifaga kirishi mumkin bolgan mahallalarga tuman rahbarlarini nomma-nom biriktirish;
  2. Mazkur mahallalarda nafaqat jinoyat, balki huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ham mahallaning ozida muhokama qilib borish;
  3. Alohida e’tibor qaratilishi lozim bolgan sogliqni saqlash muassasalarining hisobida turgan giyohvandlar, spirtli ichimliklarga ruju qoygan shaxslar, notinch oilalar hamda ajrim yoqasiga kelgan oilalarni qayta organib, tegishliligi boyicha ma’sullarni nomma-nom biriktirib, ularning muammolarini hal etish;
  4. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yonalishida ichki ishlar bolimining maxsus hisobida turgan shaxslar, shu jumladan, jinoyat sodir qilinishi mumkin bolgan joylarda rejali reyd tadbirlarni otkazib borish;
  5. Fuqarolar tomonidan yashash xonadonlar, savdo do’konlar, kongilochar maskanlarni qoriqlash pultlariga ulash va tashvish tugmalarini ornatish afzalligini tushuntirish ishlarini jadallashtirish;
  6. Fuqarolar bilan uzluksiz ravishda oz mulklarini qarovsiz qoldirmaslik borasida targibot-tashviqot tadbirlarni otkazish;
  7. Aholi gavjum joylar, kochalar, savdo shahobchalari, aholiga xizmat korsatuvchi joylar va kop qavatli uylar atroflarida video kuzatuv kameralari sonini kopaytirish;
  8. Ogirlik, firibgarlik hamda axborot texnologiyalari yordamida (internet) sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan targibot ishlarini otkazish;
  9. Aholi ortasida firibgarlik qurboniga aylanib qolmaslikka qaratilgan manzilli profilaktik tadbirlarni otkazish;

- uy-joy, yer, avtotransport vositalari va boshqa turdagi mol-mulklarni ozga shaxslarning egaligiga otkazish masalalarida notarial tartibda hal etish boyicha targibot-tashviqot tadbirlarini otkazish;

  1. Tuman hududida yol-transport hodisalarni oldini olish, yol harakati hamda aholini xavfsizligini ta’minlash maqsadida aholi ortasida yol harakati qoidalariga rioya etish hamda haydovchilik madaniyatini oshirish boyicha targibot-tashviqot tadbirlarni kuchaytirish;
  2. Har oy yakuni bilan Sudlarda nizolashayotgan oilalarning royxatlarini olib ularning muammolarini bartaraf etish choralarini korish;
  3. Mahalla faollari tomonidan nizoning asl sabablarini organish, bartaraf etish boyicha aniq chora-tadbirlar belgilash, kompleks yondashuv asosida muammoni uzil-kesil hal etish;
  4. Tuman boyicha ilgari sudlangan shaxslarning yashash sharoitini, daromad manbalari, ularning muammolarini organib, hal etib borish;

Tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish ishlariga barcha kuch va vositalarni jalb qilgan holda ishlarni tashkil etib, fuqarolarimizni tinch va osoyishta yashashlari hamda mehnat qilishlari uchun barcha zaruriy choralarni koramiz.

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK