Yangiliklar
Sentyabr 05, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi Sentyabr 03, 2025 QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI REALIZATSIYA QILISHDAGI ISLOHOTLAR Avgust 26, 2025 #Ochiq_muloqot Avgust 26, 2025 AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TARIXI Avgust 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025  E’LON Avgust 23, 2025 Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar yuzasidan tushuntirish Avgust 23, 2025 SIFATLI DEFOLIATSIYA - ERTACHI VA MO‘L HOSIL GAROVIDIR Avgust 18, 2025 Shovot tumanida qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqiy himoyasi yanada kuchaytirilmoqda

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqiy himoyasi yanada kuchaytirilmoqda

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqiy himoyasi yanada kuchaytirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyul kuni “Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga ko’ra, biznes-ombudsman tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holati yuzasidan davlat organlari faoliyatida o’rganishlar o’tkazadi.

Biznes-ombudsman boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda har yili
1-fevralga qadar tasdiqlanadigan reja-grafiklar asosida:

tadbirkorlik sub’ektlarida o’tkazilgan tekshiruvlarning qonuniyligi va tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holati yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy hokimliklar faoliyatida o’rganishlar o’tkazadi;

hududlarda sayyor qabullar o’tkazadi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko’tarilgan masalalarni joyida hal qilish choralarini ko’radi;

vakolatli organlar uchun hududlarga chiqqan holda, tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlari bilan ishlash hamda tekshiruvlar o’tkazish tartibi bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tashkil etadi.

Shu bilan birga, biznes-ombudsman har yili 1-martga qadar O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to’g’risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining holatiga doir yillik hisobot taqdim etadi.

Mazkur farmon, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikamizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xissa qo’shadi.

Shovot tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti      Umrbek Bakiyev

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK