Yangiliklar
Sentyabr 15, 2025 E'lon Sentyabr 05, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi Sentyabr 03, 2025 QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI REALIZATSIYA QILISHDAGI ISLOHOTLAR Avgust 26, 2025 #Ochiq_muloqot Avgust 26, 2025 AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TARIXI Avgust 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025  E’LON Avgust 23, 2025 Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar yuzasidan tushuntirish Avgust 23, 2025 SIFATLI DEFOLIATSIYA - ERTACHI VA MO‘L HOSIL GAROVIDIR

Rasmiy munosabat

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Shovot tumanidagi daraxtlar nega kesib tashlandi?” mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ushbu holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida oʻrganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 18-dekabrdagi “Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1012-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan nizomga ko‘ra, iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni karchopka qilish belgilangan. 

Shunga asosan Beruniy hududidagi “Yangiboy Iskandar” fermer xo‘jaligiga qarashli 5,7 gektar bog‘ maydonida ko‘chat soni kamligi, mevali daraxtlar kasallik bilan zararlanganligi va ekish sxemasiga mos bo‘lmaganligi aniqlandi. Shuningdek, bog‘ maydonida hosildorlik kamayib ketganligi, bog‘ qator oralig‘i haydalmasdan begona o‘t bosganligi sababli yuqorida ko‘rsatilgan 5,7 gektar bog‘ maydoni karchopka qilinib, o‘rniga yangidan zamonaviy bog‘ tashkil qilish rejalashtirilganini ma’lum qilamiz.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK