Yangiliklar
Yanvar 15, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari Yanvar 15, 2025 Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari tomonidan to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi muammolar o'rganildi  Yanvar 09, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil IV chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Yanvar 03, 2025 Shovot tumani bo‘yicha 2025-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘i stavkalariga hamda yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulklarning 1 kv.metr uchun belgilanadigan minimal miqdoriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Shovot tumani kengashining qarori Yanvar 03, 2025 Shovot tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Shovot tumani kengashining qarori Dekabr 17, 2024 Shovot tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning 2024 yil noyabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati Dekabr 12, 2024 2025−2026-yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Dekabr 07, 2024 RASMIY MUNOSABAT Dekabr 06, 2024 TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV Noyabr 30, 2024 RASMIY MUNOSABAT

Rasmiy munosabat

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Prezident siyosatiga qarshilar kimlar?  Shovot tumanida Auksionga qo‘yilgan nizoli yer uchastka” mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Fuqaro B.Ro‘zmetov o‘z murojaatida o‘g‘li Ro‘zmetov Botir yashab kelayotgan yakka tartibda qurilgan turar-joy binosini g‘arb va shimol tomonlaridagi o‘zboshimchalik bilan egallab foydalanib kelayotgan bo‘sh yer maydonlarini uning roziligisiz auksion savdolariga chiqarilganidan norozi bo‘lib amaliy yordam so‘ragan.

Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan Davlat kadastrlar palatasi Shovot tuman filiali yerlarni auksionga qadar dasturga joylashtirish sho‘basi mutaxassislari Jonibek Baltayev va Shavkat Bobojanov tomonidan 2024 yil 28-may kuni joyiga chiqgan holda fuqaro Ro‘zmetov Botir Baxodirovich hamda Yaqubov Mansurbek To‘rayevichlar ishtirokida o‘rganilgan.

Ushbu o‘rganishlar davomida fuqaro Ro‘zmetov Botir Baxodirovich hozirda istiqomat qilib kelayotgan yakka tartibdagi qurilgan turar-joy binosi otasi Ro‘zmetov Baxodir Аbdullayevich tomonidan 2023 yil 4-noyabrdagi Shovot tuman natarial idorasining reyestr-202302392011793-raqami bilan qayd qilingan “Ko‘chmas mulkni (Uy) hadya shartnomasi”ga asosan hadya qilingan va ushbu huquqiy hujjatga asosan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, huquqiy hujjatga asosan umumiy yer maydoni 1300.0 kv.metrni, amaldagi foydalanib kelayotgan yer maydoni 1800.0 kv.metrni tashkil qiladi. Fuqaro Yaqubov Mansurbek To‘rayevichga tegishli yakka tartibda qurilgan turar-joy binosi 2016 yil 25-maydagi 1916-sonli Shovot tumani hokimining turar joy binosiga egalik qilish qaroriga asosan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, uning huquqiy hujjat bo‘yicha umumiy yer maydoni 1300.0 kv.metrni, amaldagi foydalanib kelayotgan yer maydoni 1300.0 kv.metrni tashkil etadi.

Fuqaro B.Ro‘zmetov murojaatida uning roziligisiz ushbu bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga qo‘yilganini og‘zaki bayon qilib o‘tilgan, ushbu holat aslida 2024 yil 28-mayda yer egalari fuqaro Ro‘zmetov Botir Baxodirovich hamda Yaqubov Mansurbek To‘rayevichlar ishtirokida, bo‘sh yer uchastkasini auksion savdo platformasiga joylashtirish maqsadida fuqaro B.Ro‘zmetov hamda M.Yakubovlar ishtirokida o‘zlarini roziligi asosida dalolatnoma imzolangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu bo‘sh yer maydoni Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan 2022 yil 14 fevraldagi № 71-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 2022 yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimga joylashtirilgan. Mazkur qarorda ko‘rsatilgan tartibda vakolatli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosalari tizimga kritilib tuman hokimi qarori asosida bo‘sh yer uchastkasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin 2024 yil 21-oktabrda auksion savdo platformasiga savdoga chiqarilganligini maʼlum qilamiz.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK