RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlardagi “Shovot tumani masjid yonidagi ko‘prikning ahvoli” mazmunida tarqalgan video yuzasidan tuman hokimligi hamda tuman yo‘llardan faydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilganini ma’lum qilamiz.