Yangiliklar
Iyul 11, 2025 Aholini roʻyxatga olishning davriy jihatlari Iyul 11, 2025 Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish.

RASMIY MUNOSABAT

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlardagi “ HECH KIM TARTIBGA SOLIB BILMAYDIGAN SHOVOT BOZORI...” mazmunida tarqalgan xabarlar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Yuqoridagi murojaatda ko‘rsatilgan fotosuratlar Shovot tumanining Najmiddin Kubro ko‘chasi hisoblanib, bugungi kunda mahalliy tadbirkor va sotuvchilar tomonidan ushbu ko‘cha o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va sovdo-sotiq ishlari amalga oshirilmoqda. Takror va takror ogohlantirilishlarga qaramasdan tadbirkor va sotuvchilar faoliyatini davom qildirib, qonuniy ogohlantirishlarga e’tiroz bildirib kelishmoqda. Ularning nazarida Shovot tumanining markaziy bozori shu yer.

Ushbu vaziyatga holisona yondashib baho beradigan bo‘lsak tadbirkor va sotuvchilar bozor deya savdo-sotiq ishlarini olib borayotgan joy tumanning Najmiddin Kubro ko‘chasi hisoblanadi. Ko‘chani tartibga solish, piyodalar va haydovchilarga qulaylik yaratish hamda obodonlashtirish ishlarini olib borish maqsadida tadbirkor va sotuvchilarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu tushuntirishlardan xulosa chiqarib, o‘zlari yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni bartaraf qilmasalar qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirish berilganini ma’lum qilamiz.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK