Yangiliklar
Sentyabr 15, 2025 E'lon Sentyabr 05, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi Sentyabr 03, 2025 QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI REALIZATSIYA QILISHDAGI ISLOHOTLAR Avgust 26, 2025 #Ochiq_muloqot Avgust 26, 2025 AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TARIXI Avgust 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025  E’LON Avgust 23, 2025 Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar yuzasidan tushuntirish Avgust 23, 2025 SIFATLI DEFOLIATSIYA - ERTACHI VA MO‘L HOSIL GAROVIDIR

Qayta tashkil qilingan yuridik shaxslarning soliq majburiyatlari.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Qayta tashkil qilingan yuridik shaxslarning soliq majburiyatlari.

Yudirik shaxslar qata tashkil qilinganda eski yuridik shaxsning soliq majburiyatlarini kim tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha biznes egalarida savollar tug‘iladi. Soliq oqibatlari haqida gapirishdan oldin yuridik shaxsning qayta tashkil qilinishi masalasiga qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim. Yuridik shaxsni qayta tashkil qilish quyidagi, Qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish, ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Soliq kodeksining 92-moddasiga asosan Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan tartibda uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajarilishi lozim. Xatto moliyaviy jarimalarni ham huquqiy voris to‘laydi! Huquqiy voris (huquqiy vorislar) o‘ziga o‘tgan majburiyatlar bo‘yicha jami soliq qarzini, shu jumladan qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga uning qayta tashkil etilishi tugallanguniga qadar soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik uchun belgilangan jarimalar summalarini ham uzishi shart. Albatta, bu yerda soliq majburiyatlarini bajarish muddatlari barchani qiziqtiradi. Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan uning soliq majburiyatlarini bajarish muddatlarini o‘zgartirmaydi. Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda huquqiy voris bitta bo‘lib u tomonidan soliq majburiyatlarini bajarishi aniq. Ammo bo‘lib yuborilganda ya’ni bir yuridik shaxsdan bir necha yuridik shaxs ajratilganda muammo kelib chiqadi. Bir necha huquqiy vorislar mavjud bo‘lgan taqdirda, ulardan har birining qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini bajarishdagi ishtiroki ulushi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq tuzilgan taqsimlash balansi bilan aniqlanadi. Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning har bir huquqiy vorisining ulushini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan shaxsning soliq majburiyatini sudning qaroriga ko‘ra solidar bajarishi mumkin.

Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM boshligʻi K.X.Ismoilov

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK