Yangiliklar
Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z Mart 14, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI Mart 12, 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning MUROJAATI Mart 12, 2024 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Q.H.Sobirovning 2023 yilning 12 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan MUROJAATI Mart 12, 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning MUROJAATI Mart 12, 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Shovot tumani hokimi Oybek Xolboyevning MUROJAATI Fevral 29, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI Fevral 15, 2024 RASMIY MUNOSABAT

PQ-258-son qarorga asosan bir martalik moddiy yordam kimlarga beriladi?

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-258-son qaroriga asosan bir martalik moddiy yordam kimlarga beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-258-son qaroriga asosan bir martalik moddiy yordam kimlarga beriladi?

 Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, jumladan kam ta'minlangan bolali oilalarni aniq yo‘naltirilgan tarzda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod vakillari manfaatlarining himoya qilinishini ta'minlash, shuningdek, insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-258-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga va quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:                                                                                                                                                  

a) pensiya va nafaqa oluvchilarga - 300 ming so‘mdan (Toshkent shahrida 400 ming so‘mdan):

b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalarga beriladigan nafaqa (har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga) va moddiy yordam oluvchilarga - 200 ming so‘mdan;

Shu bilan birga qarorga muvofiq bir nechta toifa bo‘yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘layotgan shaxslarga moddiy yordam har bir turi uchun to‘lab beriladi. Ya'ni bir oilada ham nogironlik nafaqasi ham “Yagona ijtimoiy himoya reyestr” orqali kam ta'minlangan bolalar nafaqasi tayinlangan bolalar bo‘lsa, ularga bir martalik moddiy yordam ikki tomonlama beriladi.

Bir martalik moddiy yordam puli pensiya vanafaqalar to‘lanadigan tartibda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha ariza va murojaat talab etilmaydi.

Bank kartalarida oluvchilaring bir martalik yordam pullari qaror chiqqan kundan boshlab 2 kun muddatda to‘liq plastik kartalariga o‘tkazib berildi.

Nafaqani naqd pulda oluvchilarga esa Xalq bankining joylardagi sayyor kassalari orqali grafik asosida har bir mahallaga borib tarqatiladi. Moddiy yordam pullari 8 iyunga qadar to‘liq tarqatilishi ta'minlanadi.

Uyida vaqtincha bo‘lmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra bir martalik moddiy yordam pullarini o‘z vaqtida ololmagan fuqarolarga to‘lanmagan moddiy yordam joriy yilning 1 sentyabrgacha bo‘lgan muddatda to‘lab beriladi.

Shu bilan birga hozirda ijtimoiy tarmoqlar orqali 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan har bir bola uchun moddiy yordam tarqatilishi yoki bank kartasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar evaziga moddiy yordam olish mumkinligi to‘g‘risida firibgarlar tomonidan “fake” ma'lumotlar tarqatilmoqda.

Misol uchun, odamlarning havolaga o‘tish va tasdiqlovchi SMS kodini hamda karta ma'lumotlarini taqdim etish taklif etiladi. Shundan so‘ng ular kartadagi va'da qilingan pulni olishlarini aytib bank plastik kartadagi mavjud mablag‘larni yechib olish holatlari uchramoqda.

Hurmatli fuqarolar yuqoridagi firibgarlarning aldovlariga ishonib qolmasligingizni hamda bank plastik kartangiz to‘g‘risidagi ma'lumotlarini hech kimga bermasligingizni so‘raymiz.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq «Temir daftar»ga kiritilgan hamda bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalarga «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu oilalarning har bir a'zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatish nazarda tutilgan.                                                                                                                          Buning uchun, tuman (shahar) hokimliklari sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘yicha bir martalik moddiy yordam oluvchilarning hamda “Temir daftar”da 2022 yil davomida bo‘lgan oilalarning ro‘yxatlarini “Sahovat.idm.uz” bazasidan olib bir martalik moddiy yordam tarqatish vedomostlari bilan solishtiradi hamda un berilishi lozim bo‘lgan oilalar ro‘yxatini shakllantiradi.

Hokimliklarga ro‘yxatni shakllantirishda mahalla fuqarolar yig‘inlari raisi hamda tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari ko‘mak berishadi hamda bunda ro‘yxatga tushadigan oilaning hech bir a'zosi uchun bir martalik moddiy yordam tayinlanmagan bo‘lishi lozim. 

 

Bydjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Shovot tumani bo'limi boshlig'i    R.Abduraxmarov

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK