Yangiliklar
Iyul 11, 2025 Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish. Iyun 17, 2025 RASMIY MUNOSABAT

Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar

Mamlakatimizda sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirishga va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Huquqiy islohotlarning uzviy davomi sifatida 2024-yil 4-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g’risida”gi 1009-sonli Qonuni fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, tergov va sud ishlarini yuritishda yangicha yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim qadam bo‘ldi.

Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ayrim xorijiy davlatlar bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish va berish to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzilgan.

Shu munosabat bilan bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni hamda o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslarini, shuningdek sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomini tartibga soluvchi normalarni nazarda tutuvchi qoidalarni belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi 66-bob bilan to‘ldirilmoqda. Shuningdek ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomi belgilanmoqda.

Ushbu Qonun xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishini kuchaytirishga, milliy qonunchilikda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni hamda o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish va berish tartibining normativ-huquqiy asosini shakllantirishga hamda ularga belgilangan jazoni o‘z davlatida o‘tash imkoniyatini berish orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Shovot tumani prokurorining katta yordamchisi 3-darajali yurist   SH.U.Abdullayev

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK