Yangiliklar
Sentyabr 05, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi Sentyabr 03, 2025 QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI REALIZATSIYA QILISHDAGI ISLOHOTLAR Avgust 26, 2025 #Ochiq_muloqot Avgust 26, 2025 AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TARIXI Avgust 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025  E’LON Avgust 23, 2025 Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar yuzasidan tushuntirish Avgust 23, 2025 SIFATLI DEFOLIATSIYA - ERTACHI VA MO‘L HOSIL GAROVIDIR Avgust 18, 2025 Shovot tumanida qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

PENSIYA VA NAFAQALAR MIQDORI OSHIRILDI.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

PENSIYA VA NAFAQALAR MIQDORI OSHIRILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 martdagi PF-45 sonli farmoniga asosan 2023 yil 1 apreldan  boshlab ish xaqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmoni imzolandi.

Prezident farmoni bilan 1 apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7%ga oshirildi.

Bunda, 2023 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga  347 000 so‘m;

- yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 677 000 so‘m;

- nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 so‘m;

- mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 747 000 so‘m;

- 1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 296 000 so‘m;

- belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 so‘mdan) 747 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 747 000 so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 so‘m;

- ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kammiqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 535 000 so‘m;

- o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 so‘m;

- boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 535 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 198 000 so‘mdan;

- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 604 400 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lash belgilanadi.

Pensiya jamg‘armasi Shovot tuman bo‘limi boshlig‘i: MUZAFFAR KARIMOV

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK