Yangiliklar
Iyul 11, 2025 Aholini roʻyxatga olishning davriy jihatlari Iyul 11, 2025 Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish.

Media-tur

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Media-tur

Bugungi kunda energiya samaradorligi va tejamkorligi yoʻnalishida olib borilayotgan islohotlar nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki katta miqdordagi mablagʻlarni iqtisod qilish, uni boshqa istiqbolli loyihalar roʻyobi uchun yoʻnaltirish imkonini bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-222-sonli “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Shovot tumanida joylashgan 110/10 kV “Yarmish” podstansiyasida energiya samaradorligini oshirish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy taqdimot asosida media-tur o‘tkazildi.

Unda Xorazm viloyati prokurori M.Axmedov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin, filial xodimlari, Shovot tumani hokimi O.Xolboyev hamda Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh ishtirok etdi.

Media-tur davomida taqdimotchilar tomonidan texnologik nomuvofiqliklar, energiya yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni tejash imkoniyatlarining ilmiy-texnikaviy tahlilining dastlabki xulosalari tavsiya qilindi.

Ishchi guruhga, energiya resurslarni tejash va iqtisod qilish bo‘yicha ilmiy tahliliy xulosalarga qo‘shimchalar kiritish hamda mutasaddilarga amaliy ishlarni boshlash va tashkillashtirish yuzasidan taklif va ko‘rsatmalar berildi.

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK