Yangiliklar
May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati May 06, 2025 #MUROJAAT May 05, 2025 2025-yil uchun Xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida. Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi? Aprel 19, 2025 Rasmiy munosabat

Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish, avvalambor, ular qabul qilingandan so‘ng qay darajada samara berishi mumkinligi haqida oldindan atroflicha o‘ylab ko‘rishni talab qiladi. Qabul qilingan barcha huquqiy me’yorlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, korrupsiya jamiyat mexanizmlarining normal faoliyatiga, milliy iqtisodiyot rivojiga hali ham to‘sqinlik qilib kelmoqda. Bu esa fuqarolarda davlat institutlariga nisbatan ishonchsizlik uyg‘onishiga, O‘zbekistonning xalqaro doiradagi obro‘siga putur yetishiga sabab bo‘lmoqda. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Muayyan bir mamlakatning iqtisodiy ahvoli mazkur mamlakatda korrupsiya darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyatning huquqiy madaniyati darajasi. Bu hal qiluvchi omillardan biri bo‘lib, har qanday huquqiy me’yor ushbu omil tufayli o‘z samarasini beradi.

Korrupsiya jamiyatni yemiruvchi illat bo‘lib, u ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanishga, demokratiya asoslariga va qonun ustuvorligiga to‘sqinlik qiladi.

Korrupsiya so‘zi — lotincha “pora berib sotib olish” ma’nosini anglatib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi. Korrupsiya jinoyat qonunchiligida o‘zi mustaqil jinoyat tarkibi bo‘lmay, balki bir qator mansabga oid jinoyatlarni qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir.

Xususan, uning tarkibiga mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator jinoyatlar kiradi.

Ta’kidlash lozimki, korrupsiya, eng avvalo, inson huquqlarini ta’minlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. Erkin bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga, hayot darajasining pasayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda korrupsiya fuqarolarning davlat boshqaruvi idoralariga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishiga olib kelib, uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga zamin yaratadi va insonlarning xavfsizligiga tahdid soladi. Korrupsiya mavzusi keyingi paytda dolzarb ahamiyat kasb etgani hech kimga sir emas. Mazkur illatga nisbatan odamlarda ko‘nikma shakllanib qolishining oldini olish va unga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bu borada asosiy maqsad hisoblanadi.

Shovot tumanlararo iqtisodiy sudi raisi  B.I.Hayitboev

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK