Yangiliklar
Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi? Aprel 18, 2025 RASMIY MUNOSABAT Aprel 17, 2025 Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi. Aprel 15, 2025 O‘zbekiston fermerlari kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga MUROJAATI Aprel 15, 2025 Reklama va ommaviy axborot Aprel 11, 2025 HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI Aprel 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil I-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 07, 2025 Bog‘-tok qator oralariga sabzavot va poliz ekinlarini ekish bo‘yicha tumandagi bog‘ fermer xo‘jaliklari, dehqon va tomorqachilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Aprel 03, 2025 Aholini roʻyxatga olish tamoyillari

KUZNING HAR BIR KUNI IMKONIYAT, BU IMKONIYATDAN UNUMLI FOYDALANIB DAROMADNI KO‘PAYTIRING

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Shovot tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining MUROJAATI

Hurmatli fermerlar!

Tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, fermer va dehqonlarimiz 8 ming 300 gektardan ortiq maydonda chigit qadab, mashaqqatli mehnatlar evaziga mo‘l hosil yetishtirdi.

Barchamiz yaxshi tushunamizki, shu kunlarda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishlari, bahorni seryog‘in va salqinligi, kuzda havo haroratini keskin tushib ketishi kabi ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan paxtadan mo‘l hosil yetishtirish – chinakam jasorat va matonat namunasidir.

Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni ko‘radi va el-yurt dasturxonini to‘kin qilish yo‘lidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.

Aziz fermerlar!

Qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasida Sizlarga qator imtiyozlar berildi, moddiy manfaatdorligingizni oshirish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.

Prezidentimizning 2023 yil 12 dekabrda qabul qilingan PF-205-sonli “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, fermer xo‘jaliklar va klasterlar o‘rtasida paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari birja savdolari orqali tuziladigan bo‘ldi.

2024 yildan amal qilishni boshlagan ana shunday fyuchers shartnomasiga ko‘ra, yetkazib berilishi lozim bo‘lgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, jumladan klaster bilan fyuchers shartnomasi tuzmagan holda, o‘z mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xomashyosini yetishtiruvchilar birja orqali tadbirkorlik subyektlariga sotadi yoki (va) qayta ishlashga ruxsat berildi.

Fyuchers shartnomasida ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha yetishtirgan paxta xomashyosini fyuchers shartnomasi tuzgan klasterga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishingiz, qayta ishlashdan olingan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va o‘lik paxta)ni birja orqali xaridorga yetkazib berish imkoniyati yaratilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22-iyulda qabul qilingan “Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni esa agrar tarmoqda faoliyat yuritayotganlar uchun yangi davrni boshlab berdi. Unga ko‘ra, fermerlarga yetishtirgan paxta hosilini klasterlar hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga sotishga ruxsat berildi.

Endi yurtimizning barcha hududlarida paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari ixtiyoriy kooperatsiyalar tashkil etish mumkin. Shuningdek, qarzdor bo‘lgan fermer xo‘jaliklari va klasterlar o‘rtasida tuziladigan solishtirish dalolatnomalari hamda sud qarorlari asosida undirilgan mablag‘lar klasterlarning Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi oldidagi qarzdorligini qoplashga yo‘naltirish vazifasi belgilandi.

Qadrli fermerlar!

Ayni kunlarda siz yetishtirgan va yig‘ib-terib olayotgan paxta hosili hisobidan paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan o‘zaro qarzdorliklar bo‘yicha solishtirma dalolatnoma rasmiyshlashtirib, fermerning klaster oldidagi, jumladan klasterning fermer oldidagi mavjud qarzdorliklarini bartaraf etish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Shovot tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bu borada sizning manfaatingizni himoya qilish, haqdorligingizni undirish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘radi.

Shu bilan birga,  paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib, olingan mo‘l hosil hisobidan fermer xo‘jaliklarining klasterlar oldidagi qarzdorligini so‘ndirishingiz ham o‘zaro munosabatlarda ijobiy ta’sir ko‘rsatishini yana bir bor ta’kidlaymiz.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK