Yangiliklar
Aprel 18, 2025 RASMIY MUNOSABAT Aprel 17, 2025 Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi. Aprel 15, 2025 O‘zbekiston fermerlari kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga MUROJAATI Aprel 15, 2025 Reklama va ommaviy axborot Aprel 11, 2025 HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI Aprel 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil I-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 07, 2025 Bog‘-tok qator oralariga sabzavot va poliz ekinlarini ekish bo‘yicha tumandagi bog‘ fermer xo‘jaliklari, dehqon va tomorqachilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Aprel 03, 2025 Aholini roʻyxatga olish tamoyillari Aprel 01, 2025 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini qaytarish va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlashga oid ishlarni ko‘rishning yangi tartibi Mart 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishning davriy jihatlari

KONSTITUTSIYA – OILA TINCHLIGINING MEZONI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

KONSTITUTSIYA – OILA TINCHLIGINING MEZONI

Mamlakatimizda oila mustahkamligini ta’minlash, nikoh muqaddasligini yosh avlod ongiga singdirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Oddiy hayotiy haqiqat shuki, jamiyat taraqqiyotida, ma’nan barkamol va jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rni beqiyos. Oila tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi. Bosh qomusimizning 63-moddasida bu o‘z ifodasini topgan. Unda oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi, jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqlilikka asoslanishi belgilangan.

Konstitutsiyamizning alohida bir bobi oilaga bag‘ishlanib, uning ijtimoiy maqomi aniq-ravshan belgilab qo‘yilgani esa dunyo davlatlarining qonunlarida uchraydigan kamyob voqelikdir. Shu bilan birga, oilaning davlat tomonidan himoya qilinishi O‘zbekiston Respublikasining Oila, Fuqarolik, Uy-joy, Mehnat kodekslarida, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risidag”gi qator qonunlar bilan tartibga solinadi. Bu boradagi huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish, mavjud qonunchilikni bugungi shiddatkor zamon talablariga uyg‘unlashtirish oila institutini mustahkamlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-son qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida Respublika bo‘ylab keng nishonlanishi belgilab qo‘yildi.

Zero, yurtimizda oilaga berilayotgan e’tibor va  sa’y-harakatlar tinch-totuv, to‘kis va ziyoli oilalar yanada ko‘payishiga, yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishida ko‘plab qulayliklar yaratadi.

Shovot tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimi Umrbek BAKIYEV

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK