Yangiliklar
Avgust 26, 2024 G‘ALLA URUG‘INI TEZROQ YERGA QADAB, 2025-YILDA G‘ALLADAN YANADA MO‘L HOSIL OLAYLIK! Avgust 22, 2024 Ochiq muloqot Avgust 16, 2024 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, YIG‘IM - TERIM MAVSUMINI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK. Avgust 09, 2024 Media-tur Avgust 07, 2024 Rasmiy munosabat  Iyul 18, 2024 EʼLON! Iyul 16, 2024  Rasmiy munosabat Iyul 08, 2024 Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarini yigʻish. Iyul 06, 2024  Rasmiy munosabat Iyul 04, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 2-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot.

FARZANDLARINI SUDGA BERGAN OTANING DA’VOSI: “MENGA ALIMENT TO‘LASHSIN”

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

FARZANDLARINI SUDGA BERGAN OTANING DA’VOSI: “MENGA ALIMENT TO‘LASHSIN”

“Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart”.

O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 109-moddasida mana shu so‘zlar muhrlab qo‘yilgan. Bundan tashqari  Kodeksning 110-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Biz O‘zbeklarda ota-onaga hurmat ko‘rsatish, qariganida g‘amxo‘rlik qilish o‘ziga xos qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Ota-ona o‘zi so‘ramasa ham  qarilik chog‘ida ularga mehribonlik qilish, ehtirom ko‘rsatish dinimizda ham ko‘p bora ta’kidlangan. Ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan ayrim farzandlar katta bo‘lgan chog‘larida yelkasidagi ota-onaga bo‘lgan mas’uliyatlarini unutib qo‘yishadi.  Shovot tumanlararo sudining ochiq sud majlisida  ana shunday farzandlarining bee’tiborligi, qarigan chog‘ida moddiy ta’minotsiz qoldirishgani uchun ota shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Farzandiga mehr bermasdan mehr talab qilayotgan ota

Qizig‘i,  da’vogar M.T.Ikromovich ayoli bilan 20 yillik turmushdan keyin qonuniy ajrashgan. Farzandlari M.M.Tajimova, M.H.Tajimovich,  M.O‘.Tajimovich va I.N.Tajimovna ona qaramog‘ida qolgan.  Da’vogar ota esa o‘ziga tegishli uyda bitta o‘zi yashagan.

Da’vogar sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, farzandlarini voyaga yetguniga qadar tarbiyalab, har tomonlama ta’minlab kelganligini, lekin hozirgi kunga kelib o‘zi nafaqaga chiqqanida va kasal holida farzandlari o‘zining holidan umuman xabar olmay qo‘yganlarini, hech qanday yordam bermayotganliklarini, o‘zining oladigan nafaqa puli o‘ziga yetmayotganligini, moddiy tomondan qiynalib kelayotganligini, moddiy ta’minotga muhtojligini bildirib, farzandlaridan o‘zining foydasiga aliment undirishni so‘ragan.

Farzandlardan biri M.O‘.Tajimovich da’voni qisman tan olib, o‘zi rasmiy hech qaerda ishlamasligini, ustachilik bilan shug‘ullanishini, otasi M.T.Ikromovichning moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashga rozi ekanligini bildirgan.

Boshqa bir farzandi I.N.Tajimovna esa da’voni tan olmasdan, olayotgan oylik maoshi o‘ziga yetmasligini, otasi M.T.Ikromovichning moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashga rozi emasligini bildirgan.

Qolgan ikki nafar farzandlari M.M.Tajimova va M.H.Tajimovichlar hozirgi vaqtda ishlash uchun Rossiya va Qozog‘iston davlatiga ketganligi hamda turish joyi noma’lumligi sababli ularni sud majlisida qatnashtirishning imkoni bo‘lmadi.

Sud yuqoridagi ish holatlari va qayd qilingan qonun talablaridan kelib chiqib, da’vogarning mehnatga layoqatsizligini, moddiy yordamga muhtojligini, taraflarning moddiy ahvolini, mehnatga layoqatli ekanligini inobatga olib da’voni qisman qanoatlantirishni va javobgarlardan sudga murojaat qilgan kundan boshlab ularning xar biridan ta’minot uchun aliment undirishni lozim topadi.

Muammo qonuniy asosda hal etildi. Ammo shunday vaziyatlar borki, uni hech qanday qonunlar bilan tartibga solish mushkul. Bu ko‘ngil og‘riqlari, farzandlarning qalbidagi ruhiy jarohatlari. Buni faqatgina mehr bilangina tuzatish mumkin. Agar ota o‘z vaqtida  farzandlariga mehribon ota bo‘lganida balki  bu kabi sudma-sud sargardon yurmasmidi?! Farzandlari aqlini tanigan paytda ota-onasining ajrashishi bolalarga og‘ir ruhiy zarba bo‘lgani aniq. Bundan tashqari farzandlar nega otani emas, ona bilan ketishni tanlagan, axir katta farzandlar bu paytda 18 yoshdan oshgan, mustaqil qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lishgan.  Farzandlarning bemehrligini mana shu sabablardan izlash kerakdir balki. Ammo nima bo‘lganda ham qonun oldida barcha barobar. 18 yoshgacha tarbiya qilgani uchun ota bugun o‘z farzandlaridan  qonuniy haqini talab qildi. Ish otaning foydasiga hal bo‘ldi. Ammo farzandlar mehrini hech bir sud orqali sotib olib bo‘lmaydi. Mana shunday holatlarga tushmaslik uchun farzandlarimizga yoshligidan chiroyli tarbiya beraylik, ularga g‘amxo‘rlik qilib, mehrga to‘ydiraylik. Toki farzandlarimizga qilgan yaxshiliklarimiz qarigan chog‘imizda o‘zimizga ming barobar bo‘lib qaytsin.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi sudyasi Ruslanbek ATAEV

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK