Yangiliklar
Iyul 11, 2025 Aholini roʻyxatga olishning davriy jihatlari Iyul 11, 2025 Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot

Joriy yilning 1-choragi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 75.773.693.104 so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar (voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalar) ni undirish haqida 1784 ta sud buyrug‘i chiqarildi.

Shuningdek, 1280 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 885 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan bo‘lsa, 140 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirishdan rad qilingan, 247 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, 8 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlardan 427 tasi bitimlar, 205 tasi nikohdan ajratish, 112 tasi uy-joy munosabatlari, 119 tasi alohida toifadagi ishlar, 149 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish hamda 9 tasi otalikni belgilash bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qiladi.

Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan ishlarning 95 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 93 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan), 16 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 1 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi raisi Anvar Matyakubov

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK