Yangiliklar
Noyabr 15, 2024 Suvni asrang, tejang va yuqori daromadga ega bo‘ling! Noyabr 11, 2024 Shovot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning 2024 yil oktabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati Noyabr 07, 2024 Rasmiy munosabat Noyabr 04, 2024 “Xalqqa yordam-oliy qadriyat” shiori ostida kouching o‘tkazildi Oktyabr 30, 2024 KUZNING HAR BIR KUNI IMKONIYAT, BU IMKONIYATDAN UNUMLI FOYDALANIB DAROMADNI KO‘PAYTIRING Oktyabr 29, 2024 Shovot tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining M U R O J A A T I Oktyabr 23, 2024 Rasmiy munosabat Oktyabr 18, 2024 Press-tur Oktyabr 15, 2024 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 11, 2024 Press-tur

Davlat tibbiyot muassasalari xodimlari moddiy qo‘llab-quvvatlanadi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Davlat tibbiyot muassasalari xodimlari moddiy qo‘llab-quvvatlanadi

Davlat tibbiyot muassasalari xodimlari moddiy qo‘llab-quvvatlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 17-mayda “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-138-son Farmoni imzolandi.

Mazkur farmonga asosan 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmasevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari:

  • oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun – 15%ga;
  • ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun – 10%ga;
  • tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun – 15%ga oshiriladi.

Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentlarini tegishlicha 1,15 va 1,1 barobarga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi.

2022-yil 1-iyundan boshlab tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan byudjet mablag‘larining umumiy hajmiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar tibbiyot muassasalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida – umumiy xarajatlarning 10%;
  • respublika va viloyat darajasidagi boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida – umumiy xarajatlarning 5%.

Jamg‘arma mablag‘larining 75% guruhidan qat’i nazar barcha davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga, 25% – tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Bunda:

  • xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga ajratilgan mablag‘lar hisobidan davlat tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmasevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100%gacha hamda boshqa xodimlarga 75%gacha oylik ustamalar;
  • yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 mln so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;
  • oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30%gacha oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.

Bundan tashqari, tibbiyot muassasalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurglar lavozim maoshining 25% miqdorida qo‘shimcha ustama joriy etildi.

2022-yil 1-sentyabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga ularning tibbiyot sohasida va mehnat faoliyatida ilmni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60%gacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30%gacha miqdorda har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Belgilanishicha, barcha tibbiyot xodimlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi.

2022-yil 1-iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100%, Mo‘ynoq tumanida esa 200% miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lovlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Bunda, mazkur bandda ko‘rsatilgan ustamani olish uchun shifokor boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, mazkur farmon davlat tibbiyot muassasalari xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularning o‘z kasbiy darajasini oshirib borishdan manfaatdorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Shovot tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi mas’ul xodimi      I.Raximiberganov 

 

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK