Yangiliklar
Sentyabr 05, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi Sentyabr 03, 2025 QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI REALIZATSIYA QILISHDAGI ISLOHOTLAR Avgust 26, 2025 #Ochiq_muloqot Avgust 26, 2025 AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TARIXI Avgust 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025  E’LON Avgust 23, 2025 Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar yuzasidan tushuntirish Avgust 23, 2025 SIFATLI DEFOLIATSIYA - ERTACHI VA MO‘L HOSIL GAROVIDIR Avgust 18, 2025 Shovot tumanida qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Shovot tumanida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbiriga tumanda mehnat qilib kelayotgan fidoyi ustoz va murabbiylar, soha vakillari hamda faxriylari taklif qilindi. 

Bayram tadbirida Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqov ishtirok qilib mamlakatimiz Prezidentining O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va soha vakillarini samimiy qutladi. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda munosib yutuqlarga erishgan bir guruh ustoz va murabbiylarga davlat mukofotlari, tuman hokimining faxriy yorlig‘i hamda bayram sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tadbir tuman madaniyat bo‘limining san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK