Yangiliklar
Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish. Iyun 17, 2025 RASMIY MUNOSABAT Iyun 12, 2025 Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan?

Ayrim mahsulotlarga bojxona imtiyozlari joriy qilinmoqda

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Ayrim mahsulotlarga bojxona imtiyozlari joriy qilinmoqda

Ayrim mahsulotlarga bojxona imtiyozlari joriy qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti tomonidan 2022-yil 31-may kuni “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  farmoni imzolandi.

Ushbu farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvargacha bir qator tovarlarni (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilandi.

2022-yil 1-iyundan o‘simlik yog‘i, shu jumladan paxta, kungaboqar yog‘i, kungaboqar urug‘lari hamda boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari va mevalarilarni O‘zbekistondan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlandi.

Shu bilan birga, 2023-yil 1-yanvargacha davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha cheklovlar hamda O‘zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, 2022-yil 1-avgustgacha asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shimcha jamlash va ochiq bozorga intervensiya qilish mexanizmi joriy qilinadi.

Mazkur farmonning qabul qilinishi, mamlakatimiz aholisining alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxlari sun’iy va asossiz oshirilishining oldini olish, shuningdek, tarif va notarif tartibga solish vositalarini keng qo‘llash hisobiga ularning inflyatsiya darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga xizmat qiladi.

 

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i      K.Ismoilov

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK