Yangiliklar
May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati May 06, 2025 #MUROJAAT May 05, 2025 2025-yil uchun Xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida. Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi? Aprel 19, 2025 Rasmiy munosabat

2025−2026-yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

2025−2026-yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Aholini roʻyxatga olish maʼlum bir sanada Oʻzbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.

Shuningdek, roʻyxatga olish – aholi jon boshiga makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq koʻrsatib beradi.

Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash boʻyicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi boʻlib xizmat qiladi.

Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish 2025-2026-yillarga moʻljallanyapti. Bu haqda 2024-yil 4-mart kuni Prezident tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha yoʻl xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini roʻyxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Yoʻl xaritasida 2024-yil davomida agentlik aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish ishlarini davom ettirishi belgilab berildi.

Jumladan:

  • aholini roʻyxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash;
  • 2021-yilda oʻtkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini roʻyxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;
  • xalqaro tajriba va ekspertlar tavsiyalari asosida “Aholini roʻyxatga olish” axborot tizimini takomillashtirish;
  • “STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda roʻyxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;
  • aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish vazifalarini amalga oshirish belgilangan.
Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK