Yangiliklar
Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish. Iyun 12, 2025 Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan? Iyun 10, 2025 #MUROJAAT Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgor bo‘lgan shaxs ta’lim muassasasiga qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgor bo‘lgan shaxs ta’lim muassasasiga qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari

Tayanch Doktorantura deganda, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli tushuniladi.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgor bo‘lgan shaxs ta’lim muassasasiga qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi. Ana shunday hujjatlar orasida mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ham ko‘rsatilgan (ushbu talab ishlayotgan talabgor uchun o‘rnatilgan). Albatta, agar talabgor ishlayotgan bo‘lsa, uning mehnat daftarchasi bor. U ana shu mehnat daftarchasidan nusxa taqdim etadi. E’tibor bering, ushbu o‘rinda talabgordan mehnat daftarchasining o‘zi so‘ralmayapti, balki uning (talabgor ishlayotgan korxona tomonidan) tasdiqlangan nusxasi so‘ralayapti. Shunday ekan, mehnat daftarchasining asl nusxasi talabgor ishlayotgan korxonada saqlanadi. Bu degani, tayanch doktorantura talabgor uchun kelgusida (agar u o‘qishga qabul qilinsa) ishxona deb hisoblanmaydi va shunga ko‘ra talabgordan mehnat daftarchasining asli so‘ralmayapti. Bu yana shuni ham anglatadiki, ishlamayotgan talabgorga, agar u tayanch doktoranturaga o‘qishga qabul qilinsa, mehnat daftarchasi ochilmaydi.

Ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan korxona xodim uchun uning asosiy ish joyi hisoblanadi. Demak, Sizning asosiy ish joyingiz tayanch doktoranturada tahsil olayotgan ta’lim muassasasi emas, balki mehnat daftarchangiz yuritilayotgan korxona (tashkilot, muassasa) hisoblanadi. Siz asosiy ish joyingizda yarim stavka hajmida kafedrada ishlayotgan ekansiz (bu Sizning asosiy ishingiz). O‘rindoshlik asosida ishlashga ishlashga yo‘l qo‘yiladi. Xodimning asosiy ish joyi hisoblangan korxonada o‘rindoshlik asosida ishlashga vaqtincha bo‘lmagan xodimning ishini bajarishda yoki bo‘sh lavozimdagi ishni bajarishda yo‘l qo‘yiladi. O‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (masalan, Siz ishga kirmoqchi bo‘lgan markazda ish vaqtining kunlik normasi 8 soat bo‘lsa, demak, o‘rindoshlik asosida ko‘pi bilan 4 soat ishlashingiz mumkin). Ichki o‘rindoshlik asosida ishlashda ish vaqtini hisobga olish asosiy ish bo‘yicha va o‘rindoshlik asosidagi ish bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi. Xodim bilan o‘rindoshlik asosida ishlash uchun tuziladigan mehnat shartnomasida ish vaqtining davomiyligi majburiy tartibda ko‘rsatiladi.Qonunchilik talablariga rioya etgan holda Siz bir stavka ishlashingiz mumkin. Lekin...

Mana shu “lekin” degan joyimiz Siz uchun juda-juda muhim! Lekin Siz har qanday ishingizni (asosiy ishingizni ham, o‘rindoshlik asosidagi ishingizni ham) faqat izlanuvchilikdan bo‘sh vaqtingizda bajara olasiz. Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan shaxslarning asosiy vazifasini bajarish jarayoniga uning korxonalarda yuritayotgan mehnat faoliyati xalaqit berishi yoki to‘siq bo‘lishi mumkin emas. Bu yerda eng asosiy faoliyat tayanch doktoranturadagi faoliyat deb qaraladi.

Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti   D.А.Аzamatova

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK