Yangiliklar
Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish. Iyun 17, 2025 RASMIY MUNOSABAT Iyun 12, 2025 Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan? Iyun 10, 2025 #MUROJAAT Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda

Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari tomonidan to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi muammolar o'rganildi 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari tomonidan to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi muammolar o'rganildi 

Shovot tumanida viloyatda faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik va tekstil korxona rahbarlari va mahalliy nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, eksport faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. 


Seminarda mahalliy tadbirkorlar uchun 2025-yilda soliq sohasida qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar hamda qo‘shimchalar borasida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Shu bilan birga to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasiga oid mavjud muammolar atroflicha muhokama etilib, takliflari ishlab chiqildi.


Xususan, tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari, hisobot topshirish davri, qo‘llanilayotgan ma’muriy jarimalar, qolaversa, sohada amalda bo‘lgan dasturlarning yangi formatlari borasida batafsil ma’lumot berildi. Asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolganligi, shu bilan birga, 2028-yilga qadar QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmasligi belgilab qo‘yilganligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, yer va mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar, turli sohalarga berilgan soliq imtiyozlariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.


Qizg‘in muhokamalar ostida o‘tgan seminar tadbirkorlarda iliq taassurot qoldirdi. Zero, o‘zaro hamkorlik, kelgusi faoliyat uchun zamin vazifasini o‘taydi.

Manba: Xorazm viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK