Yangiliklar
Yanvar 15, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari Yanvar 15, 2025 Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari tomonidan to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi muammolar o'rganildi  Yanvar 09, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil IV chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Yanvar 03, 2025 Shovot tumani bo‘yicha 2025-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘i stavkalariga hamda yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulklarning 1 kv.metr uchun belgilanadigan minimal miqdoriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Shovot tumani kengashining qarori Yanvar 03, 2025 Shovot tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Shovot tumani kengashining qarori Dekabr 17, 2024 Shovot tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning 2024 yil noyabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati Dekabr 12, 2024 2025−2026-yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Dekabr 07, 2024 RASMIY MUNOSABAT Dekabr 06, 2024 TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV Noyabr 30, 2024 RASMIY MUNOSABAT

Shovot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning 2024 yil oktabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Shovot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Sultonovning 2024 yil oktabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati

Muhtaram prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish orqali yangi institut “Mahalla yettiligi” tashkil qilinishini ta’kidlagandilar. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab, mahalla budjetini shakllantirish hamda ularda shakllanadigan mablag‘larni “mahalla yettiligi”ning kengash qarorlari orqali infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirish belgilandi.

Ayni paytda Shovot tumanidagi 55 ta mahallaga 19 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular zimmasiga norasmiy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, o‘zini-o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuklatilgan.

 “Mahalla yettiligi” institutining shakllanishi orqali soliq inspektorlari mahalladagi har bir soliq to‘lovchi xonadoniga kirib bormoqda, tadbirkorlik subyekti bilan uchrashib, uning muammosini o‘rganyapti, soliq sohasidagi o‘zgarishlarni tushuntirish orqali yashirin iqtisodiyotning oldi olinmoqda.

 Shovot tumani soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida o‘tgan o‘n oy davomida 566 ta korxonadagi 1239 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi.

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 118 ta savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 211 nafar, 9 ta ishlab chiqarish korxonalarida 16 nafar, 2 ta qurilish korxonalarida 3 nafar hamda 193 ta qishloq xo‘jaligi sohasida 389 nafar, shuningdek, 278 ta xizmat ko‘rsatish korxonalarida 620 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi.

Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini tiklash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ana shunday 348 ta korxonaning faoliyati tiklandi, 23 ta bo‘sh obyektlar ishga tushirildi va buning natijasida 21 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, mahalla yettiligi bilan birgalikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash maqsadida tumanda 11065 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi va muayyan faoliyat turlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.

Mahallabay tizimning yaratilishi natijasida 2 mlrd 241 mln so‘m miqdoridaga qo‘shimcha manba aniqlandi.

Joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida 16 mlrd 673 mln so‘m miqdoridagi jismoniy shaxslarning turar joy obyektlari bo‘yicha soliqlar undirilishi ta’minlandi. Natijada yig‘ilgan summaning 10 foizi ya’ni 1 mlrd 667 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar mahalla budjetiga qoldirildi.

Ta’kidlash lozim, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati samaradorligi maxsus KPI (KPI) dasturi orqali baholanadi va natijasiga qarab rag‘batlantiriladi hamda past ko‘rsatkichli xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi.

Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK