Yangiliklar
Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 29, 2024 Sudya va yoshlar uchrashuvi Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 23, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z

Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Q.H.Sobirovning 2023 yilning 12 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan MUROJAATI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Q.H.Sobirovning 2023 yilning 12 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan MUROJAATI

2023 yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib “Xavfsiz hudud” “Nazorat” “Tun” “Turmush” va “Xonadon” maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilib, tumandagi 55 ta mahallaning 39 tasida ya’ni 70 foizida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Umumiy jinoyatlar 174-174 taga teng xolatda bo‘lib, jinoyatlaring 105 tasi 60.3% oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlarni, 69 tasi 39,7%  aniqlanadigan jinoyatlarni tashkil etdi. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 10 foizga (117-105) kamayishiga erishildi.

         “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili bo‘yicha tumandagi 55 ta mahallalardan 39 ta mahallada ya’ni 70 foizida jinoyat sodir qilinmagan, 5 ta  mahalla ya’ni  9 foizi “qizil”, 11 ta mahalla 21 foizi ”sariq” toifaga kiritildi.

Tumanda “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarga uzoq yillar ichki ishlar idoralarida samarali xizmat qilgan, hozirgi kunda ham o‘zining hayotiy tajribalari bilan profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam bera oladigan, shu mahallalarda yashovchi ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqan faxriylar tanlab olinib, “qizil” toifadagi 5 ta mahallalarga maslahatchi murabbiy qilib biriktirildi.

Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar davomida 28 nafar ilgari sudlangan shaxslarga ma’muriy nazorat o‘rnatildi, 7 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar majburiy davolash bo‘limiga joylashtirildi, 4 nafar daydib tilamchilik qilib yurgan shaxslar viloyat REMga joylashtirildi, 52 nafar voyaga yetmaganlar viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi, 1 nafar voyaga yetmaganlar yopiq turdagi Respublika ixtisoslashtirilgan o‘quv tarbiya muassasalariga joylashtirildi, 192 nafar tayziq va zo‘rovonlikdan jabrlangan ayollarga himoya orderi berildi, 1537 nafar huquqbuzarlik sodir qilgan shaxslar profilaktik hisobga olinib, 7058 ta fuqarolarni murojaatlari qonuniy hal etildi.

Shuningdek, “Ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi mumkin bo‘lgan 3155 nafar shaxslar bo‘yicha xulosalar tuzilib, mahalla beshligi tomonidan 855 nafarini muammolari ijobiy yechim topdi, qolgan shaxslaring muammolari tizimli hal qilib borilmoqda.

Sudlarda nizolashayotgan ajrim yoqasiga kelib qolgan 343 nafar shaxslar ro‘yxati shakllantirilib, zo‘ravonlikka uchragan 192 nafar ayollarga himoya orderlari berildi, 83 ta oilalar yarashtirildi va 74  ta oilaviy nizolar bartaraf etildi, natijada oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlar 50 foizga 6-3 kamaydi.

       Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Xorazm tajribasi sifatida joriy yilning sentabr oyidan “Xavfsiz bolalik” Konsepsiyasi joriy etilib, shu asosida tumanda transport vositalari serqatnov harakatlanadigan yo‘llarga yaqin masofada joylashgan 35 ta maktablar atrofida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tezlikni cheklash bo‘yicha “Yo‘l belgilari” hamda “Sun’iy notekislik”lar o‘rnatildi. Shuningdek, tumandagi 48-son va 1-son umuta’lim maktablari oldidagi yo‘llarga 2 ta piyodalar uchun tugmachali svetofor o‘rnatildi.  

    Tuman  ichki ishlar bo‘limi rahbariga biriktirilgan 34 nafar “qizil” toifadagi yoshlarning 21  ta muammolaridan barchasi ijobiy hal etildi. Tumandagi mavjud 54 ta ta’lim muassasalarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida vatan himoyachilari, mustaqillik, ichki ishlar organlari xodimlari, konstitutsiya kunlari munosabati bilan “Siz qonunni bilasizmi” va “Men harbiy bo‘laman” kabi mavzularda 223 ta tadbirlar o‘tkazildi.

 

    Kelgusida tumanda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilanib olindi.

 

  1. Tumanda “Ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi mumkin bo‘lgan shaxslarn bo‘yicha xulosalar tuzilib, mahalla yettiligi tomonidan ijobiy hal qilish choralarni ko‘rish, Kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hamda “Qizil” toifaga kirish mumkin bo‘lgan mahallalarga tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman DSI va milliy gvardiya rahbarlarini nomma-nom biriktirish;
  2. Mazkur mahallalarda nafaqat jinoyat, balki huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ham mahallaning o‘zida muhokama qilib borish;
  3. Alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan sog‘liqni saqlash muassasalarining hisobida turgan giyohvandlar, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan shaxslar, notinch oilalar hamda ajrim yoqasiga kelgan oilalarni qayta o‘rganib, tegishliligi bo‘yicha ma’sullarni nomma-nom biriktirib, ularning muammolarini hal etish;
  4. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida ichki ishlar bo‘limining maxsus hisobida turgan shaxslar, shu jumladan, jinoyat sodir qilinishi mumkin bo‘lgan joylarda rejali reyd tadbirlarni o‘tkazib borish;
  5. Fuqarolar tomonidan yashash xonadonlar, savdo do‘konlar, ko‘ngilochar maskanlarni qo‘riqlash pultlariga ulash va tashvish tugmalarini o‘rnatish afzalligini tushuntirish ishlarini jadallashtirish;
  6. Fuqarolar bilan uzluksiz ravishda o‘z mulklarini qarovsiz qoldirmaslik borasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarni o‘tkazish;
  7. Aholi gavjum joylar, ko‘chalar, savdo shaxobchalari, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi joylar va ko‘p qavatli uylar atroflarida video kuzatuv kameralari sonini ko‘paytirish;
  8. O‘g‘irlik, firibgarlik hamda axborot texnologiyalari yordamida (internet) sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini o‘tkazish;
  9. Aholi o‘rtasida firibgarlik qurboniga aylanib qolmaslikka qaratilgan manzilli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish;

- uy-joy, yer, avtotransport vositalari va boshqa turdagi mol-mulklarni o‘zga shaxslarning egaligiga o‘tkazish masalalarida notarial tartibda hal etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish;

  1. Tuman hududida yo‘l-transport hodisalarni oldini olish, yo‘l harakati hamda aholini xavfsizligini ta’minlash maqsadida aholi o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish hamda haydovchilik madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarni kuchaytirish;
  2. Har oy yakuni bilan Sudlarda nizolashayotgan oilalarning ro‘yxatlarini olib ularning muammolarini bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  3. Mahalla faollari tomonidan nizoning asl sabablarini o‘rganish, bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, kompleks yondashuv asosida muammoni uzil-kesil hal etish;
  4. Tuman bo‘yicha ilgari sudlangan shaxslarning yashash sharoitini, daromad manbalari, ularning muammolarini o‘rganib, hal etib borish;
  5. Ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda tikuvchilik, pazandachilik, sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini tashkil etish ishlarini yanada jadallashtirish;
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xavfsizlik masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligini munosabati bilan biriktirilgan yoshlarni xulq-atvoridagi hamda mavjud boshqa muammolarini hal etish borasida ijtimoiy profilaktika, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hamda sport tadbirlarini amalga oshirish;

Tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish ishlariga barcha kuch va vositalarni jalb qilgan holda ishlarni tashkil etib, fuqarolarimizni tinch va osoyishta yashashlari hamda mehnat qilishlari uchun barcha zaruriy choralarni ko‘ramiz.

 

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK