Yangiliklar
Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 23, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z Mart 14, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI

SHOVOT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I S.A.ABDULLAEVNING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

SHOVOT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I S.A.ABDULLAEVNING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi. 

Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda tumanimizni jami 820 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida tuman davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tumanning xududlarida jami 43 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, qariyb 715 ta tadbirkorlik sub’ektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda tadbirkorlarni 137 ta murojjatlari ko‘rib chiqilib shundan 96 tasi qanoatlantirildi, 41 tasiga tushuntirishlar berilib   

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda Shovot tumanida 2 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 685 ta korxonaning 876 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 811 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

Tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 421 ta korxonadagi 1320 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi.

 Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 257 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 271 nafar, qurilish korxonalarida 165 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 627 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 65,3 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, 2020 yilda yangi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i esa  5 foizdan 1,5 foizga tushdi.

Joriy yilning 10 oyi davomida 3420 ta xolatda sub’ektlarning 389.9 mln.so‘m mavjud ortiqcha to‘lovlari xisobidan budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan bo‘lgan soliq qarzlari xisobiga qoplanib, 167 ta xolatda sub’ektlarning 1 257.5 mln.so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summalari korxona tashkilotlarning bank hisob raqamlariga qaytarib berildi.

Tuman bo‘yicha 2022 yil uchun budjet daromadlariga 77 887.0 mln so‘mga pragnoz ko‘rsatkichi belgilangan bo‘lib, yanvar-sentabr oylarida 66 225.1 mln. so‘mga yoki 85.0 foizga bajarilishi ta’minlandi.

joriy yilning 3- choragi uchun budjet daromadlariga 16 476.0 mln. so‘m prognoz ko‘rsatkichlari belgilanib, ushbu reja ko‘rsatkich 18 977.0 mln so‘mga yoki 115.2 foizgabajarilib rejaga nisbatan 2 501.0 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ undirilishi ta’minladi.

Jumladan, oktabr oyi uchun 6 749.9 mln. so‘mlik reja, haqiqatda 7 577.2 mln. so‘mga yoki 112.3 foizga bajarilib rejaga nisbatan 827.3 mln. so‘m qo‘shimcha mablag‘ undirilishi ta’minladi.

Mahalliy budjet daromadlari uchun 2022 yil oktabr oyi uchun belgilangan                      5 552.0 mln.so‘mlik reja-ko‘rsatkich, haqiqatda 6 909.6 mln.so‘m undirilib reja 124.0 foizga bajarilib, rejaga nisbatan 1357.6 mln.so‘m ortiqcha mablag‘ undirildi.

2022 yil uchun budjetga belgilangan reja grafik hamda qo‘shimcha daromadlarni aniqlash borasida asosan quyidagi 7 ta yo‘nalishda

1) Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yer va mol-mulk ob’ektlarini o‘rganish;

2) Tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirayotgan fuqarolarning soliq majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;

3) Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tahlil qilish;

4) Soliq qarzdorligini undirish ishlarini tashkil etish;

5) Kameral nazorat tadbirlarini tashkil etishini o‘rganish;

6) Boj, yig‘im va jarimalar va budjetga tushumlarning to‘liqligini o‘rganish;

7) Tadbirkorlik sub’ektlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tganligini o‘rganish

Joriy yilning 4-choragida tuman DSIda ushbu yo‘nalishlarga e’tiborni kuchaytirgan holda ishlarni tashkil qilish va budjetga belgilangan reja-grafiklarni ortig‘i bilan bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralarni ko‘rishni o‘zimizga belgilab oldik.

Shovot tumani 4-sektor hududida jami 15 ta MFY, 44905 ta aholi, 8283 ta xonadon,12903 ta oila istikomat qiladi. Shundan, 9.502 nafari yoshlar, 23 575 nafari ayollar, 15.274 nafari voyaga yetmaganlar, 3.896 nafari yoshga doir nafaqa oluvchilarni tashkil etadi.

Hududda 14 ta maktab, 43 ta maktabgacha ta’lim muassasalari  (shundan, 8 tasi DMTT, 2 tasi DXSh, 33 tasi ONMTM ), 6 ta sog‘liqni saqlash muassasalari mavjud.

Hurmatli tadbirkorlar endi xarid summasidan 1 foizli keshbek olish, “Soliq hamkor” tizimlarining joriy etilishiga ham to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam — bu tizim mijozlarni jalb qilishga qaratilgan maxsus bonus dasturlarining bir turi bo‘lib, soliq tizimida samarali qo‘llanib kelinyapti.

To‘g‘risi, soliqchilar yaqin paytgacha faqat soliq yig‘ish bilan shug‘ullanib kelgan. Prezidentimizning 2021-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirish hamda yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish maqsadida xarid summasidan 1 foiz miqdorda keshbek qaytarish mexanizmi joriy etildi.  

Ma’lumki, har bir tadbirkorlik nuqtasi mahsulot sotsa QR kodi bo‘lgan fiskal chek berishi shart. Agar ular bunday chekni bermasa yoki plastik kartada savdo qilishni istamasa, xaridor do‘konda tortishib o‘tirmay, bu haqda “Soliq hamkor” tizimi orqali xabar berishi mumkin. Albatta, bunda murojaat qanchalik asosli ekanligi jiddiy tekshiriladi. Qoidabuzarlik holatlari tasdiqlangan taqdirda murojaatchi — soliq hamkor orqali undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.

Bugungi kunda tumanimizda 912 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 891 ta onlayn-NKM va virtual kassa davlat soliq xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

“Soliq hamkor” dasturi orqali kelib tushayotgan murojaatlar dastlab soliq xodimlari tomonidan yaxshilab o‘rganib chiqiladi agarda rad qilish uchun asos bo‘lsagina rad qilinadi.

O‘rganish jarayonida murojaatda qayd etilgan holat isbotlangan taqdirdagina ushbu holat yuzasidan qonunchilik doirasida choralar ko‘rilishi mumkin. Murojaat isbotlanmasa, hech qanday chora ko‘rilmaydi.

Davlat soliq idoralari tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  Hurmatli tadbirkorlar!

 Shovot tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o‘rgatish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK