Yangiliklar
Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 23, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z Mart 14, 2024 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI

SHOVOT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I S.A.ABDULLAEVNING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

SHOVOT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I S.A.ABDULLAEVNING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi. 

Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda tumanimizni jami 918 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida tuman davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tumanning xududlarida jami 34 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, qariyb 730 ta tadbirkorlik sub’ektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida o‘tkazilgan uchrashuvlarda 377 ta murojjatlari ko‘rib chiqilib shundan 327 tasi qanoatlantirildi, 38 tasiga tushuntirishlar berilib   

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda Shovot tumanida 2 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 689 ta korxonaning 893 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 863 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

Tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 97 ta korxonadagi 265 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi.

 Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 35 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 63 nafar, qurilish korxonalarida 76 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 91 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 4,2 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, 2020 yilda yangi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i esa  5 foizdan 1,5 foizga tushdi.

Bundan tashqari, boshqa soliq turlaridan ortiqcha to‘lov summasini qaytarish yuzasidan 95 korxonada 202.4 million so‘m pul mablag‘lari korxonalarning hisob raqamlariga qaytarildi.

Joriy yilning 8 oyi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 52 milliard 183 million so‘m miqdorida soliqlar to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 3,5 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Byudjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 40.2 milliard so‘mi, ya’ni 77,1 foizi yuridik shaxslar, 11,9 milliard so‘mi yoki 22,9 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

 Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 20,6 milliard so‘m yoki 39,4 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 4,7 milliard so‘m yoki 9,1 foizini aylanmadan olinadigan soliq, 10.4 milliard so‘m yoki 19.9 foizini yer solig‘i, 16.5 milliard so‘m yoki 31,6 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Hurmatli tadbirkorlar endi xarid summasidan 1 foizli keshbek olish, “Soliq hamkor” tizimlarining joriy etilishiga ham to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam — bu tizim mijozlarni jalb qilishga qaratilgan maxsus bonus dasturlarining bir turi bo‘lib, soliq tizimida samarali qo‘llanib kelinyapti.

To‘g‘risi, soliqchilar yaqin paytgacha faqat soliq yig‘ish bilan shug‘ullanib kelgan. Prezidentimizning 2021-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirish hamda yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish maqsadida xarid summasidan 1 foiz miqdorda keshbek qaytarish mexanizmi joriy etildi.  

Ma’lumki, har bir tadbirkorlik nuqtasi mahsulot sotsa QR kodi bo‘lgan fiskal chek berishi shart. Agar ular bunday chekni bermasa yoki plastik kartada savdo qilishni istamasa, xaridor do‘konda tortishib o‘tirmay, bu haqda “Soliq hamkor” tizimi orqali xabar berishi mumkin. Albatta, bunda murojaat qanchalik asosli ekanligi jiddiy tekshiriladi. Qoidabuzarlik holatlari tasdiqlangan taqdirda murojaatchi — soliq hamkor orqali undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.

Bugungi kunda tumanimizda 918 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 954 ta onlayn-NKM va virtual kassa davlat soliq xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

“Soliq hamkor” dasturi orqali kelib tushayotgan murojaatlar dastlab soliq xodimlari tomonidan yaxshilab o‘rganib chiqiladi agarda rad qilish uchun asos bo‘lsagina rad qilinadi.

O‘rganish jarayonida murojaatda qayd etilgan holat isbotlangan taqdirdagina ushbu holat yuzasidan qonunchilik doirasida choralar ko‘rilishi mumkin. Murojaat isbotlanmasa, hech qanday chora ko‘rilmaydi.

Davlat soliq idoralari tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  Hurmatli tadbirkorlar!

 Shovot tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o‘rgatish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK