Yangiliklar
Iyul 11, 2025 Aholini roʻyxatga olishning davriy jihatlari Iyul 11, 2025 Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish.

SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI

Aziz yurtdoshlar!

Jonajon yurtimizga go‘zallik va nafosat, yasharish va yangilanish, mehr-oqibat bayrami — Navro‘zi olam kirib keldi. Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rki va ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, hosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch bag‘ishlamoqda.

Tumanimizning jonkuyar, fidoyi, mehnatsevar hamda mehribon xalqini sharq milliy bayrami Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Mana shunday fayzli, shodiyona ayyomda tumanimizdagi barcha eldoshlarimga yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!

Muhtaram eldoshlar!

Yurtimizda "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" degan ezgu tilaklar yangramoqda. Haqiqatan ham, Navro‘z o‘zining buyuk qudrati bilan tabiatni uyg‘otmoqda. Islohotlar esa jamiyatni, oliyjanob xalqimizning ongu tafakkuri, beqiyos salohiyatini namoyon etmoqda. 

Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va o‘zgarishlar ayni shu ulug‘ maqsadga — el-yurtimizning obod va farovon bo‘lishiga qaratilgan.

Qadimiy va navqiron Navro‘z bayrami bilan barchangizni chin qalbimdan tabriklayman!

Ezgulik va mehr-saxovat bayrami har bir xonadonga, butun tumanimiz ahliga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

Mehribon xalqimiz doim sog‘-omon, Navro‘z ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Shovot tumani hokimi Xolboyev Oybek Madaminovich

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK