Yangiliklar
Iyul 11, 2025 Aholini roʻyxatga olishning davriy jihatlari Iyul 11, 2025 Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish.

O‘qituvchi (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa ) sertifikatlardan biriga ega bo‘lsa, ko‘proq dars olish huquqiga ega bo‘ladi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘qituvchi (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa ) sertifikatlardan biriga ega bo‘lsa, ko‘proq dars olish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq, Umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15 sentyabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi: Nizomning 15-bandida ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi belgilab berilgan. Ushbu ko‘rsatgichlarning uchunchisida chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar) turibdi. Malaka toifalar esa sakkizinchi ko‘rsatgichdan joy olgan. Ya’ni, o‘qituvchi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sertifikatlardan biriga ega bo‘lsa, malaka toifasi bo‘lmasa ham toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchidan ko‘ra ko‘proq dars olish huquqiga ega bo‘ladi.

Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti  B.R.Qurbonov

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK