Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar
O‘zbekiston Respublikasining 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son Qonuni 44-moddasiga ko‘ra (Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar) muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Masalan, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlari va bolalar uylarida bolalar bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda bajariladigan ishlarda ishlashi mumkin emas. Shaxsning bir qulog‘i yo‘qligi pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilmaydi. Agar shaxsning eshitish qobiliyati zaif bo‘lsa, ana unda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. MK 360-moddasiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan band bo‘lgan pedagog xodimlarini va boshqa xodimlarini ish beruvchi dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etishi shart. Demak, shaxsning tarbiyachilikka ishga qabul qilishda, u albatta majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Ko‘rik jarayonida uni tarbiyachi lavozmida ishlashi yoki ishlay olmasligi aniqlanadi. Shunchaki, majburiy tibbiy ko‘riksiz nomzodni bir qulog‘ing yo‘q ekan deb ishga qabul qilishni rad qilish g‘ayriqonuniy hiosblanadi.
Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti I.Rahimberganov