Yangiliklar
Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish. Iyun 17, 2025 RASMIY MUNOSABAT Iyun 12, 2025 Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan? Iyun 10, 2025 #MUROJAAT Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda

Kimlar Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega?

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Kimlar Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega?

Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-oktyabrdagi 223-son qaroriga asosan quyidagilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga egadir:

Urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

Urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

             Mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;

             I va II guruh bolalikdan nogironlar.

 

             Oylik pul kompensatsiyasi to‘lovi uni olish huquqiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, yengil avtomobil, motoaravacha yoki mototsiklga ega bo‘lgan va ulardan foydalanadigan shaxslarga tayinlanadi.

Oylik pul kompensatsiyasi to‘lovini tayinlash uchun bunga huquqi bo‘lgan shaxs pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:

                ariza;

                ariza beruvchining biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;

                imtiyozga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va

nogironligi bo‘lgan hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun).

                Oylik pul kompensatsiyasini to‘lash barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.

                Oylik pul kompensatsiyasini tayinlash uchun ariza bergan shaxsga tegishli bo‘lgan quyidagi ma’lumotlar:

Avtomototransport vositasi egasining haydovchilik guvohnomasi;

Avtomototransport vositasining texnik pasporti;

Avtomototransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida davriy texnik ko‘rikdan o‘tganligi;

Avtomototransport vositasi egasining haydovchilik guvohnomasi haqidagi ma’lumotlar oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organlar tomonidan o‘zaro axborot almashinuvi orqali Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlaridan olinadi.

Pensiya jamg‘armasi Shovot tuman bo‘limi boshlig‘i: MUZAFFAR KARIMOV

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK