Yangiliklar
Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 29, 2024 Sudya va yoshlar uchrashuvi Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 23, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z

Fuqaroning Mehnat daftarchasidagi ismi sharifi noto‘g‘ri yozilgan bo‘lsa nima bo‘ladi?

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Fuqaroning Mehnat daftarchasidagi ismi sharifi noto‘g‘ri yozilgan bo‘lsa nima bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktabrdagi 592-son qaroriga asosan davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan bo‘lib, uning 73-bandida quyidagilar keltirilgan.

Agar ish stajini tasdiqlaydigan hujjatda ko‘rsatilgan ismi, otasining ismi yoki familiyasi pasport (identifikatsiya ID-karta) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha ismi, otasining ismi yoki familiyasi bilan mos bo‘lmasa ushbu hujjatning mazkur shaxsga tegishliligi holati faqat mehnat daftarchasini yoki ish staji to‘g‘risidagi boshqa hujjatni birinchi marta bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Boshqa barcha hollarda hujjatlarning taalluqliligi sud tomonidan belgilanishi shart.

Ish staji to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatda aniq sanalar belgilanmasdan faqat yillar ko‘rsatilgan hollarda tegishli yilning 1 iyuli sana sifatida qabul qilinadi, agar oyning sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, tegishli oyning 15-kuni ana shunday sana hisoblanadi.

Pensiya jamg‘armasi Shovot tuman bo‘limi boshlig‘i: MUZAFFAR KARIMOV

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK