Yangiliklar
Iyul 11, 2025 Aholini roʻyxatga olishning davriy jihatlari Iyul 11, 2025 Huquqiy islohotlarning uzviy davomi: jinoyat protsessual qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar Iyul 09, 2025 #MUROJAAT Iyul 08, 2025 Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2025-yil ll-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Iyul 07, 2025 PAXTA HOSILIGA HOSIL QO‘SHIB, BU YILGI MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 04, 2025 #MUROJAAT Iyun 26, 2025 Aholini roʻyxatga olishda turar joylarning turlari Iyun 17, 2025 OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Iyun 17, 2025 OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish.

Fuqaro 100 yoshga to‘lganda Qonunchilikda qo‘shimcha to‘lov belgilanganmi?

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Fuqaro 100 yoshga to‘lganda Qonunchilikda qo‘shimcha to‘lov belgilanganmi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli «Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga  muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015-yilning 1-mayidan boshlab har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov  to‘lash tartibi belgilangan.

Qo‘shimcha to‘lov O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chetel fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘lanayotgan pensiyaga qo‘shib belgilanadi.

Qo‘shimcha to‘lov 100 yoshga to‘lgan fuqarolarning pensiyasiga shaxs 100 yoshga to‘lgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qo‘shib to‘lanadi.

Belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori o‘zgarganda qo‘shimcha to‘lov pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga mutanosib ravishda o‘zgartiriladi

Pensiya jamg‘armasi Shovot tuman bo‘limi boshlig‘i: MUZAFFAR KARIMOV

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK