Yangiliklar
Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 29, 2024 Sudya va yoshlar uchrashuvi Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 23, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z

Davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

“Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 27.09.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, 2018–2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddatini 2024 yil 1 oktyabrgacha uzaytirishga ruxsat etildi.

- imtiyozli davr davomida tadbirkorlar tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari amalga oshiriladi;

-imtiyozli davrda to‘lanishi lozim bo‘lgan asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.

- Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi:

- Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo‘yicha;

- Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo‘yicha;

-tumanlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo‘yicha.

 Shovot tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti B.Qurbonov

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK