Yangiliklar
Aprel 17, 2024 Aholini ro‘yxatga olishning muqobil usullari va ularga o‘tish sabablari Aprel 15, 2024 Shovot tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Aprel 04, 2024 Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari! Mart 31, 2024 Media-tur Mart 29, 2024 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI Mart 29, 2024 Sudya va yoshlar uchrashuvi Mart 24, 2024 Rasmiy munosabat Mart 23, 2024 Rasmiy munosabat Mart 21, 2024 SHOVOT TUMANI HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI Mart 21, 2024 A S S A L O M   N A V R O‘ Z

Bir million dasturchi loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga kompyuter xaridi bo‘yicha iste’mol krediti foizlarini qoplab berish tartibi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Bir million dasturchi loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga kompyuter xaridi bo‘yicha iste’mol krediti foizlarini qoplab berish tartibi

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish.  Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar (31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili).

Iste’mol krediti miqdori – ariza beruvchiga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan (8 mln 250 ming so‘mgacha) miqdorda.

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar

➖ kompyuter sotib olish bo‘yicha ikki tomonlama tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (pdf formatda);

➖ “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risida sertifikat (pdf formatda).

 Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

1️. Ariza beruvchi tegishli sertifikat berilgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali sertifikatni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

  1. Yoshlar ishlari agentligi (vakolatli organ) ariza beruvchining murojaati YAIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 5 ish kuni davomida sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi.

3️. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda “Bir million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli tugatganligi haqidagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar kompyuter haridi uchun shartnoma asosida ishlovchi do‘kon topadilar.

4️. Kredit rasmiylashtirish uchun AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB hamda  AT “Aloqabank”dan biriga murojaat qilishlari mumkin. Banklar tomonidan talab qilinadigan hujjatlar:

- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);

- Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma;

- “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘quv kurslarini tugatganligi yoki IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lganligi to‘grisidagi sertifikat nusxasi;

- Vakil hamda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport);

- Kompyuter yoki noutbuk xaridi uchun do‘kon bilan tuzilgan shartnoma nusxasi.

Shovot tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti I.Raximberganov

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK