Yangiliklar
Oktyabr 15, 2025 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni Oktyabr 08, 2025 Shovot tumani boʻyicha "Tashabbusli budjet" jarayonining 2025-yil 3-chorak mablag‘larini yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. Sentyabr 29, 2025 Iqtisodiy sudlarning tuzilmasi optimallashtiriladi Sentyabr 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Sentyabr 25, 2025 MAVSUMNI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZAYLIK! Sentyabr 22, 2025 Rasmiy munosabat Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish Sentyabr 15, 2025 E'lon

YASHIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA HAMMAMIZ FAOLMIZ

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

YASHIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA HAMMAMIZ FAOLMIZ

“Yashil makon umumimilliy loyihasi doirasida hammamiz faolmiz” mavzusida media-tur tashkil qilindi. Tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ishlar yo’lga qo’yilib, tumandagi jurnalist va blogerlar qatnashdi. Shovot tumani “Qiyot” qishlog’i hududida umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi. Tumanimizda ushbu loyiha doirasida ishlar tizimli ravishda yo’lga qo’yilgan.

 

Joriy yilning bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 878 ming dona manzarali va mevali koʼchatlar ekilishi rejalashtirilgan bo’lib, daraxt ekishda jamoat ishlari jamgʼarmasidan 32.8 mln.soʼm mablagʼ jalb qilgan holda 40 nafar ishsiz fuqarolarni, birinchi navbatda, “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning vaqtinchalik bandligi taʼminlanadi. Yashil hududlar salmogʼini oshirish maqsadida jami 10 gektar maydonda “Yashil bogʼlar”, 2.0 gektar maydonda “Yashil jamoat parklari” tashkil etiladi.

 

Shu bilan birga bir turdagi koʼchatlarni ekish orqali “Olmazor koʼchasi” va “Olchazor koʼchasi” kabi namunaviy koʼchalar tashkil etilishi barobarida koʼkalamzorlashtirish hududlarida 25.08 kmda sugʼorish tarmoqlari qaziladi va 9 ta yer osti suv chiqarish quduqlari qayta tiklanadi. 2022 yil kuz mavsumida daraxtlar ekish uchun qoʼshimcha 400 ming dona koʼchatlar zaxira qilish rejalashtirildi.

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK